O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Maslahat loyihasini amalga oshirishni tashkil etish


Download 0.73 Mb.
bet31/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Maslahat loyihasini amalga oshirishni tashkil etish. Mijoz firma bilan
aloqa o’rnatgandan keyin taklif ishlab chiqarishga kirishiladi. Taklif ishlab
chiqish loyihani muhokama qilishdan boshlanadi. Bundan oldin mijoz-firma
haqida batafsil axborot olishi lozim. Maslahatchi firma nima bilan
shug’ullanishi, nimalarni ishlab chiqarishi, ishchilar soni, malakasi, boshqaruv
xodimlar soni, ish hajmi, xarajat va daromad miqdori, firmaning moliyaviy ahvoli,
shartnomalarning bor-yo’qligi, hamkorlarning ishonchliligini bilishi kerak. Undan
keyin shart-sharoit, uning o’zgarish dinamikasi va muammolari aniqlanadi. So’ng
bajarilishi zarur ishlarning reja-grafigi tuzilib, tegishli yuridik qog’ozlar
rasmiylashtiriladi. Ishning bajarilishiga alohida e’tibor berish lozim. Maslahatchining
obro’si ishning o’z vaqtida yoki muddatdan oldin bajarilishi bilan belgilanadi.
Ishning qanday shaklda tugatilishini ham aniqlab olish zarur, ya’ni ish yoki
xizmat muayyan natijaga erishishdan iborat ekanligini belgilash lozim. Bularning
barchasi ishning reja grafigida aks etilishi kerak. Buyurtmani bajarish jarayonida
buyurtmachi firmaning psixologiyasini o’rganishi kerak. Ishning bajarilish
jarayonida mijozning qiziqishi susayishi mumkin, shu sababli qiziqishni
susaytirmaslik uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish kerak. Buning uchun qiziqishning
eng yuqori pallasida biror-bir kichik tadbirni amalga oshirish kerak.
Bu tadbir mijoz-firma rahbariyatiga qaratilgan muayyan takliflar,
maslahatchining taklifini majlisda muhokama qilish, ba’zi takliflarni bajarish
haqidagi qarorni tayyorlashdan iborat bo’lishi mumkin. Oxirida loyiha yoki ba’zi


takliflarni amalga oshirish haqida yozma hisobot rasmiylashtiriladi. Oldindan


kelishilgan maslahat turlari bundan mustasno emas.
Konsalting firmaning mijozlarni jalb etish usullari. Maslahat beruvchi
bozorning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu faoliyat bilan shug’ullanuvchi
firmalar o’z tovari, o’z xizmat namunasini ko’rsatish imkoniga ega emas. Shuning
uchun ular faoliyatida mijozlarni jalb etish muammosi turadi.
Mijozlarni jalb etish usullari turli-tumandir. Bunga o’z imkoniyatlarini targ’ibot
qilish, reklama qilish, vositachilar yordamida mijozlarni jalb etish, firma haqida ijobiy
fikr bildirgan oldingi mijozlar takliflaridan foydalanish kiradi.
Eng sodda va eng keng qo’llaniladigan usul reklamadir. Firma o’z imkoniyati,
xizmat ko’rsatishning taxminiy narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan loyihalar haqida turli
xil reklama ma’lumotlari va reklama e’lonlarini tarqatadi. Mijozlarni jalb etishda
vositachilar yordamidan keng foydalaniladi. Vositachilar rahbarning ishonchini
qozongan firma xodimlari bo’lishi mumkin. G’arb mamlakatlarida bunday
vositachilarni topish uchun maxsus uslublar ishlab chiqilgan. Bu maqsadlar uchun
alohida mablag’lar ajratiladi.
Albatta, maslahatchi firmaning obro’sini belgilab beruvchi omil o’tmishda
muvaffaqiyatli yuritilgan faoliyatdir. Yirik, hatto o’rtamiyona firmalarning ijobiy
tavsiyasi eng yaxshi reklamadir.
Umuman firmaga maslahatchilar kerakmi? O’zbekiston iqtisodiyotini tiklanish
vaqtida, ba’zi korxonalarda tubdan islohotlar olib borilayotgan davrda, nihoyatda
ko’p muammolar yuzaga kelmoqda. Shu muammolarni oqilona hal etish uchun
maslahatchilar salohiyati oshib borishi aniq. Shu bilan birga moliyaviy imkoniyat
cheklanganligi tufayli maslahatchilarni firmaning ba’zi muammolarini hal etish
uchun taklif etish maqsadga muvofiqdir. Muammolarni hal etishni korxonaning
strategik rivojlanish muammosini yechishdan boshlash kerak. so’ngra marketing,
innovasion imkoniyat va boshqa muammolarni hal etishga o’tish kerak.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling