O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet41/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Injiniring korxonasi – muxandislik-maslahat xizmatlarni tijoratchilik qoidalariga
asoslangan holda amalga oshiradi. Bunday korxona (firma):
- ishlab chiqarishni ta’minlash;
- mahsulot sotishni uyushtirish;
- ishlab chiqarish obyektlarini qurib, ishga tushirish yuzasidan maslahat
berish bilan shug’ullanadi.
Eksport injiniring firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko’rsatadi, chet
eldagi ilmiy g’oyalar va texnik ishlanmalarni xorijda joriy etadi, murakkab va ulkan
loyihalarni amalga oshiradi. Injiniring bilan birga mashina va uskunalarni eksport
qilib, yetkazib beradi.
Qisqa xulosalar
O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliya
va maslahat tadbirkorligi kabi turlari keng rivoj topmoqda. Mamlakatimizda
tadbirkorlikning yakka tartibdagi, xususiy, jamoa va aralash shakllari
faoliyat yuritadi. Jamoa tadbirkorligi firmalar faoliyatida o’z ifodasini
topadi. Firma – muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarish va xizmat
ko’rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga ko’ra ish tutadigan,
iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir. Firmalarning turlari ko’p.


Ularni
- xususiy firmalar;


- shirkat firmalari;
- davlat korxonalari;
- aralash firmalarga ajratish mumkin.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Tadbirkorlikning qanday turlarini bilasiz?
2. Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati nimadan iborat?
3. Tijorat tadbirkorligining mohiyatini tushuntirib bering.
4. Moliyaviy tadbirkorlikning faoliyat mohiyati nimadan iborat?
5. Konsalting nima? Uning istiqboli haqida gapirib bering.
6. Tadbirkorlikning qanday shakllarini bilasiz?
7. Yakka tadbirkorlik nima? U qanday turlarga bo’linadi?
8. Xususiy tadbirkorlik yakka tadbirkorlikdan nima bilan farq qiladi?
9. Aksiyadorlik jamiyatlari qanday turlarga bo’linadi?
10. Xolding kompaniyalari faoliyati to’g’risida gapirib bering?
11. Qanday korxonalar injiniring korxona hisoblanadi, ularning asosiy
faoliyati nimalardan iborat?

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling