O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarning


Download 0.73 Mb.
bet52/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

3.5. Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarning
boshqaruv uslubi
Rahbarning boshqaruv uslubi deganda, boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan
muammolarini hal qilish usullari majmui tushuniladi.
Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarlikning quyidagi boshqaruv
uslublaridan foydalaniladi:
1. Xo’jalik ishlaridagi kamchiliklarga murosasiz bo’lish.
2. Jamoa va uning har bir xodimi to’g’risida qayg’urish.
3. Yuqori madaniyatli boshqaruvni tashkil etish.
4. Rahbarning yangilikni his etish qobiliyati.
Kichik biznes faoliyatini boshqarishning bir necha pog’onalari mavjud.
Ularga ikki pog’onali, uch pog’onali va ko’p pog’onali boshqaruvni misol qilib
ko’rsatish mumkin. Kichik biznes faoliyatini boshqarishda jahon amaliyotidan
olingan va eng samaralisi hisoblangan ikki pog’onali usul, ya’ni rahbar-bajaruvchi
usulidan keng foydalaniladi.
Bu usulning samarasi uning oddiyligida, bajaruvchi va rahbar o’rtasidagi
munosabatlarning to’g’ridan-to’g’ri bog’langanligidadir. Bu yerda nazoratning
yuqori samarasiga erishiladi. Pog’onalar soni ortib borgan sari boshqaruv samarasi
kamayib boradi.
Qisqa xulosalar
Korxonani boshqarishning maqsadga muvofiq tarkibini vujudga keltirish
tadbirkor hal etishi kerak bo’lgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Kichik biznes korxonalari boshqaruv tarkibining chiziqli-pog’onali, chiziqli-
shtabli, funksional, chiziqli-funksional, dasturli-maqsadli, matrisali turlari mavjud.
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishda jahon amaliyotidan
olingan va eng samarali usul bo’lib, ikki pog’onali usul, ya’ni rahbar-bajaruvchi
usuli hisoblanadi. Bu usulning samarasi uning oddiyligi hamda rahbar va
bajaruvchi o’rtasidagi munosabatlarning to’g’ridan-to’g’ri bog’langanligidadir.





Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling