O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Marketing tadqiqotlarining maqsadi va vazifalari


Download 0.73 Mb.
bet59/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

4.3. Marketing tadqiqotlarining maqsadi va vazifalari
Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish,
shakllanish va rivojlanishning obyektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi, xamda
uning maqsadi nixoyatda keng va murakkab masalalarni xal qilishga karatilgan. U
ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifning muvozanatiga
erishgan xolda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir.
Bunga erishish uchun marketing kuyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim:
 xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o’rganish;
 tovarlarga ichki va tashqi talablarni o’rganish;
 korxona faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;


 talab va taklif to’g’risidagi olingan ma’lumotlar asosida bozorni o’rganish;


 tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarning tovarlarni sotib olishga
qiziqishini oshirish;
 tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish
uchun ma’lumotlar to’plash va tahlil qilish;
 tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma’lumotlar
olish;
 to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborotlar
yig’ish.
Tovarlarga talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan
iborat.
G.L. Bagiyev va boshqalar “Zamonaviy marketing tadqiqotlari, tadbirkorlik
tizimidagi axborot topish, to’plash, qayta ishlash va joriy hamda strategik qarorlar
qabul qilish jarayoni”
14[14]
- deb ta’rif berganlar.
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy
hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning maqbul darajasini
belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida
hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga erishishda reklama ham muhimdir.
Reklamaning vazifasi mavjud bozor segmentini mustahkamlash, yangi
xaridorlarni jalb etish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida
reklamaning asosiy xususiyati – uzluksiz ta’sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan
birga xaridor psixologiyasi tovar va firma markasiga bog’lanib qolish xususiyati
(imidj) ga ham egadir.
Marketing tadqiqotlarining eng muhim bosqichlaridan biri tadqiqot rejasini
ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur ma’lumotlar va
axborotlarni to’plash manbalari, uslublari, qurollari, tanlov o’tkazish tartiboti va
rejalari tuziladi. Tadqiqot asoslanadigan ma’lumot va manbalardan bir necha
marotaba tegishli sohalarda foydalanish, ularni qayta ishlash mumkin.
Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, so’rov, guruhli baxs eng ko’p
qo’llaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning tegishli
bosqichlarida samarali axborot to’plash, uni qayta ishlash, texnika vositalaridan
samarali foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, yuqorida keltirilgan radio telefonli
va bort-kompyuterli avtomobilga boshlag’ich talabni baholash tadqiqotini olib
ko’raylik. Kuzatish uslubi vositasida xaridorlarning joriy davrda va avtomobil
bozoridagi munosabatlari, ko’nikmalarini baholash mumkin. So’rov uslubida esa
aniq bir xaridorning «yangi jihozlarga» qiziqishlari, ularga qo’yadigan talab va
istaklarni baholash mumkin. Eksperiment uslubida esa sinov tarzida
avtomobillarning kichik partiyasini bozorda sotib, xaridorlar holatlarini kuzatish
mumkin.
Tadqiqot rejasini ishlab chiqishda uslubiy jihatdan o’zaro bog’liqlik, aniqlik,
takrorlanmaslik, davriy uzluksizlik ta’minlanishi lozim. Tuzilgan reja mohiyatan
quyidagi savollarga javob berishi lozim.
1. Qanday ma’lumotlar to’planishi kerak?
2. Ma’lumotlarni kim to’playdi?
14[14]
Багиев Г.Л. и др. Маркетинг. Маркетинг. Учебник. – СПб.: Питер, 2008, с. 83.


3. Kim va nima xususida izlanish olib borishi lozim?


4. Ma’lumotlarni to’plashda qanday uslublar qo’llaniladi?
5. Ma’lumotlar qanday shaklda va qanday muddatlarda taqdim etiladi?
6. Ma’lumotlarni to’plash qachon va qayerda amalga oshiriladi?
7. Ma’lumotlarni to’plash uchun qanday xarajatlar ko’zda tutiladi?
Ushbu savollarga javob topish asosida tadqiqot rejasining izchilligi,
mazmunan va mantiqan bog’liqligi ta’minlanadi. Bu o’z navbatida tadqiqotning
keyingi bosqichlarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan kamchilik va xatoliklarning
vujudga kelishiga yo’l qo’ymaydi. Ma’lumotlarni to’plash bosqichi tasdiqlangan
reja asosida amalga oshirilishi bilan bir qatorda texnik vositalar yordamida ularni
qayta ishlash, tayinli tartibga solish vazifasini ham bajaradi. Chunki jamlanadigan
ma’lumotlar qayerda va qachon amalga oshirilishiga, ulardan samarali foydalanish
imkoniyatlarini kengaytirishga katta e’tibor beriladi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling