O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010
Download 0.73 Mb.
|
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapital qo’yilmalarning qaytarilish davri
- Pulning maksimal sarf-xarajati.
Sof joriy qiymat ba’zida iqtisodiy integral samara deb ham ataladi. Loyihani
amalga oshirish vaqtida mahsulot sotishdan olingan umumiy daromaddan shu vaqt davrida ketgan barcha sarf-xarajatlar ayirmasiga sof joriy qiymat deyiladi. Rentabellik foydaning kapital qo’yilmalar yoki aksioner kapitaliga nisbati shaklida aniqlanadi. Tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rentabellik har bir yilga hisoblab chiqiladi. Bu yerda soliqlar hisobga olinadi. Integral samaradorlikni nolga tenglashtiruvchi rentabellikning dastlabki sath mazmuni samaradorlikning ichki koeffisiyenti hisoblanadi. Agar samaradorlikning ichki koeffisiyenti dastlabki sath mazmunidan past bo’lmasa, loyiha samarali hisoblanadi. Kapital qo’yilmalarning qaytarilish davri. Bu ko’rsatkich kapital qo’yilmalarning o’z-o’zini qoplash muddati sifatida amalda keng qo’llaniladi. Bu davrda funksional- ma’muriy zararlar hisobdan chiqarilgandan keyin asosiy kapital qo’yilmalar qoplanadi. Pulning maksimal sarf-xarajati. Bu sof joriy qiymatning eng katta salbiy moliyalashtirish o’lchamlarini aks ettiradi va sarf-xarajatlarni qoplash manbalari bilan bog’lanishi lozim. Zararsizlik me’yorlari. Bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot partiyalarining minimal o’lchovi, «nol daromad» olinadi, ya’ni sotuvdan kelgan daromad ishlab chiqarishdagi xarajatga teng bo’ladi. G’arb mamlakatlari banklaridan kredit olishda biznes-rejaning boshqacha tuzilmasi qo’llaniladi. Bu holatda biznes-reja quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: Kirish va umumiy ma’lumot. Bu bo’limda yuridik shakl ko’rsatiladi, korxona faoliyati tarixi va muhim tadbirlarning kisqacha ta’rifi beriladi. 1. Korxona faoliyatini baholash. Bu yerda korxonaning ba’zi muhim xususiyatlari ko’rsatiladi, ya’ni uning bozorda egallagan o’rni, mavqyei, sotuv tizimi va boshqalar. 2. Mahsulotni va sotish bozorini ta’riflash. 3. Tadqiqotlar va ishlanmalar. Bu bo’limda tadqiqotlar, dastur va tashabbuslarning asosiy yo’nalishlari aks ettiriladi. 4. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati. Korxonaning ishlab chiqarish holati, ishlab chiqarish quvvatlarining holati ta’riflanadi. 5. Xodimlar va mehnat munosabatlari. 6. Tashkil etish va boshqarish. Umumiy-tashkiliy ko’rsatkichlardan tashqari, oliy lavozimli shaxslar va rahbar xodimlarining qisqacha biografik ma’lumotlari beriladi. 7. Yuridik ma’lumotlar. Ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq o’tmishdagi hamda hozirgi sud va arbitraj ishlari qisqacha ta’riflanadi. 8. Moliyaviy ma’lumotlar. Keyingi 5 yil ichidagi moliyaviy hisobotlar ko’rib chiqiladi. 5 yillik istiqbolli moliyaviy ahvol ta’riflanadi. 9. Likvidlik. Qarzlar, aylanma mablag’lar holatining tahlili, kompaniyaning soliqlari, qarzlari ko’rsatiladi. 10. Shartnomalar. Korxona ishtirok etgan barcha shartnoma va bitimlar ta’rifi beriladi. 11. Buxgalteriyaning boshqa hisob-kitoblari. Ro’yxatga olinmagan mulk (kvartira, mehmonxona, shifoxona, profilaktoriy va boshqa-lar)ning qisqacha bayoni beriladi. Bundan ham qisqacha biznes-rejaning chizmasi G.Berl tomonidan taqdim etilgan. 15[15] U quyidagi bo’limlardan iborat: Kerakli pul mablag’i kiritilgan arizaning maqsadi, zayomni qoplash uslublari va uning ta’minoti. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling