O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet75/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

5.3.1- jadval
«Jahongir» kichik korxonasining investisiyalashtirilgan loyihalar bo’yicha
foydalilik koeffisiyentlarining hisob-kitobi
Loyiha
Ko’zda tutilgan
xarajatlar summasi,
ming so’m
Ko’zda tutilgan
daromadlar summasi,
ming so’m
Foydalilik
koeffisiyenti
Ranglar


A
600


840
1,4
1
B
900
1305
1,45
2
V
300
390
1,3
3
G
700
770
1,1
4
D
1200
1260
1,05
5
Yuqorida ta’kidlanganlardan tashqari, amalda bo’lishi mumkin bo’lgan
kompleks loyihalarni e’tiborga olish ham lozim. Bu ham investisiya mablag’larini
ajratishning variantlaridan biri bo’lib, bunda ma’lum bir loyiha bir vaqtda boshqa bir
loyiha bilan parallel amalga oshirilishi mumkin. Masalan, yangi sex qurilishi butun
zavodga xizmat qiladigan energetika yoki tozalash inshootlari rekonstruksiyasi
uchun ma’lum darajada mablag’ qo’yishni talab etadi.
Bunday holda ikkala investisiya mablag’ini sarflash loyihasining ham
foydalilik koeffisiyentini hisoblab chiqish lozim. Bunda ushbu koeffisiyentlarning
individual darajalariga e’tiborni qaratish shart emas. Misol uchun, firmada 600 ming
so’m mablag’ sarflab, 840 ming so’m daromad keltiriladigan loyiha bor. Bunda
foydalilik koeffisiyenti 1,4 (840/600) ni tashkil etadi. Lekin, shu bilan birga, firma
umumzavod xo’jaligini takomillashtirishga yana 100 ming so’m sarflashi zarur.
Bu esa daromadlilikni faqat 60 ming so’m miqdoridagina o’sishiga olib
keladi yoki boshqacha qilib aytganda, bu loyiha bo’yicha foydalilik koeffisiyenti 1
dan kichik bo’lib, 0,6 (60/100) ni tashkil etadi. Biroq agar o’zaro bog’liq bo’lgan
ushbu loyihalar bo’yicha investisiyalar miqdori va kutilayotgan daromadlarni
qo’shsak, bunda birinchi holatda 700 ming so’m (600+100), ikkinchi halatda esa
900 ming so’m (840+60) kelib chiqishini ko’ramiz. Shunday qilib, umumiy
(integral) foydalilik koeffisiyenti 1,29 (900/700) ni tashkil etadi, ya’ni 1 dan
ancha yuqori. Bu esa bizga ikkala loyihani bir vaqtda amalga oshirish uchun qancha
mablag’ sarflash mumkinligini ko’rsatadi.
Qisqa xulosalar
Yangi biznes korxonalarini tashkil qilish bir necha bosqichdan iborat. Ular ta’sis
etilgan joyidagi mahalliy hokimiyat organlari tomonidan davlat ro’yxatidan o’tadi.
Davlat ro’yxatidan o’tkazilgan korxonaga: hokimiyatning korxonani davlat
ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi qarorlaridan ko’chirma, hokimiyat
ro’yxatidan o’tkazilgan va tasdiqlangan korxona Nizomi hamda korxonaning
ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi davlat orderi topshiriladi.
Korxona faoliyatini olib borishda biznes-reja muhim rol o’ynaydi. Biznes
rejaning tuzilishi va mazmuni qat’iyan chegaralanmagan. Fikrimizcha, yetti
bo’limdan iborat biznes reja eng maqbul biznes rejadir.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tahlil qilishda foydalilik
koeffisenti usulidan foydalanish oddiyligi va qulayligi bilan ajralib turadigan usul
bo’lib, u yetarlicha asosli qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling