O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Franchayzingning mohiyati va ustuvorligi


Download 0.73 Mb.
bet71/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Franchayzingning mohiyati va ustuvorligi. Oxirgi yillari imtiyozli
tadbirkorlikda franchayzing keng qo’llanila boshladi. Ishbilarmonlikning ushbu
shaklida franchayzer (odatda, yirik bosh kompaniya) kichik firma yoki
biznesmenni belgilangan ma’lum hududda tovar, reklama xizmati, biznes
texnologiyalari bilan ta’minlashni o’z zimmasiga oladi.
Buning evaziga firma (franchayzi) kompaniyaga (franchayzerga) menejment
va marketing sohasida xizmat ko’rsatish va shu kompaniyaga o’zining ma’lum
kapitalini qo’yish majburiyatini oladi. Odatda, franchayzing faqat kompaniya –
franchayzer bilan ish olib borish majburiyatini olib, biznesda uning
ko’rsatmalariga bo’ysunishga harakat qiladi.
Franchayzi korxonasi franchayzer tomonidan tashkil qilingan tizimning
bir qismi sifatida faoliyat yuritadi. Hozirgi vaqtda AQShda yarim milliondan
ortiq korxona imtiyozli ishbilarmon faoliyati bilan shug’ullanadi. Ularning ulushi
mustaqil korxonalarga nisbatan oshib bormoqda.
Franchayzingni yoymoq uchun yirik firma egalari vaqt-vaqti bilan ko’rgazma
o’tkazishadi. Bundan maqsad kishilarni imtiyozli ishbilarmonlik bilan
shug’ullanishga jalb etishdan iborat.
Ishbilarmonlikning bu turi yoqilg’i quyish shoxobchalari (32%), yengil va yuk
mashinalari bilan savdo-sotiq qilish (6%), restoran va ovqatlanishda tez xizmat
ko’rsatish (7%) biznesida keng quloch yoygan.
Franchayzingning asosiy ustuvorligi bitim tuzgan korxonalarning aniq
ixtisoslashishidir. Yirik firmaning ko’mak berishi franchayzingni tijorat tavakkalini
kamaytiradi. Bosh firma o’qitish ishlari olib boradi va franchayzi-korxona ish
faoliyatini doimo nazorat qilib turadi.
Shu bilan birga tizim ba’zi kamchiliklardan xoli emas. Uning eng asosiy
kamchiligi qisman mustaqillikni yo’qotishdir. Franchayzi korxonasi bosh firma bilan
yuridik bitim orqali bog’langan bo’lib, uning qonun-qoidalari talabiga bo’ysunadi,
franchayzer kompaniyasining ko’rsatmalarida bayon etilgan biznesni olib borish
uslublariga rioya qiladi. Bu esa, o’z navbatida, tashabbuskorlikni yo’qotishga olib
keladi.





Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling