O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Ўзбекистон Республикаси тижорат банклари


Download 0.73 Mb.
bet88/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Ўзбекистон Республикаси тижорат банклари 
томонидан амалга оширилган қўшимча 
акциялар бўйича янги эмиссия ҳажмининг 
ўзгариши, млрд. сўм
117,0
276,4
489,2
0,0
100,0
200,0
300,0
400,0
500,0
600,0
2007 йил
2008 йил
2009 йил
6.5.2-rasm.
E’tiborlisi shundaki, tijorat banklari aksiyalari birjada doimiy kotirovka
qilinmoqda va uning natijalari tegishli nashrlarda muntazam e’lon qilib
borilmoqda.
2010 yilda tijorat banklarining jami kapitalini kamida 20 foizga oshirish va
yaqin 2 yilda banklar jami banklar kapitali darajasini YaIMga nisbatan 10 foizga
yetkazish ko’zda tutilmoqda.
2010 yilda tijorat banklari tomonidan yana 250 mlrd. so’mlik qo’shimcha
aksiyalar muomalaga chiqarilib, banklar ustav kapitallarining oshirilishi
kutilmoqda. Masalan, Xalq banki keyingi 4 yil davomida o’z ustav kapitalini 10
mlrd. so’mdan avval 100 mlrd. so’mga, keyin 200 mlrd. so’mgacha oshirishni
mo’ljallamoqda.
2009 yildagi bank sohasidagi islohotlardan yana biri shuki, endilikda barcha
mulkchilik shaklidagi tijorat banklari korporativ obligasiyalar chiqarish huquqiga
ega bo’lishdi. Bu o’z navbatida respublika obligasiyalar bozorining rivojlanishiga
ijobiy tasir ko’rsatadi, shuningdek tijorat banklarining «Toshkent» Respublika
Fond birjasidagi ishtirokini ham jadallashtiradi. 2009 yilda «Toshkent» Respublika
Fond birjasidagi savdolarning deyarli 44 foizini respublika tijorat banklarining
aksiyalari tashkil qildi va 39,4 mlrd. so’mga teng bo’ldi. Ushbu summaning 37,1
mlrd. so’mi nodavlat banklar va ustav kapitalida davlatning ulushi «nazorat
paketi»ga teng bo’lmagan banklar hisobiga to’g’ri keladi.
2008-2009 yillarda qo’shimcha emissiya qilingan aksiyalarning tarkibida
imtiyozli aksiyalar sonining hissasi oldingi yillardagi 1,1-2,2 foizdan 0,6-0,7
foizgacha pasaydi. Ushbu holat qo’shimcha emissiyalarda davlat ishtirokining


oshganligi, ya’ni davlat tomonidan banklardagi nazoratni olishga bo’lgan


qiziqishning yuqoriligi bilan izohlanadi.
Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozorini yanada rivojlantirish va
erkinlashtirish, uning doimiy barqaror faoliyat yuritishni ta’minlash yuzasidan
tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib borildi.
O’tgan yillar ichida mamlakatda iqtisodiyotning strategik ahamiyatga ega
tarmoqlarini shakllantirishga qapatilgan samarali iqtisodiy islohotlar amalga
oshirildi, barqaror iqtisodiy o’sish, valyuta mablag’larining doimiy tushumi
manbalari va yetarli darajada valyuta zaxiralarini shakllantirish orqali milliy
valyutaning xarid quvvatini chetdan olinadigan qarz mablag’larisiz saqlab turishga
zamin yaratildi.
Joriy yilda Markaziy bank pul-kredit siyosatining bilvosita dastaklaridan
foydalanishni yanada kengaytirish bilan bir qatorda, o’zgaruvchan foiz stavkalarini
tezkor boshqarishni davom ettirildi. 2010 yil 1 yanvar holatiga O’zbekiston
Respublikasi tijorat banklari tomonidan jami 293 ta milliy valyutadagi va 118 ta
xorijiy valyutadagi omonat turlari aholi, korxona va tashkilotlarga taqdim
etilmokda.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan
tarkibiy o’zgarish, avvalo, bank tizimi bilan bevosita bog’liq bo’lib kelmoqda.
Shuning uchun ham bank kreditlaridan samarali foydalanish, ularning eng qulay
shakllaridan, jumladan, iste’mol va ipoteka kreditidan foydalanish ham muhim
masalalardan biri bo’lib qolmoqda.
Hozirgi kunda Respublikamiz aholisi uchun iste’mol va ipoteka kreditining
turli variantlari joriy etilgan bo’lib, respublika tijorat banklari tomonidan aholining
ushbu kreditlarga ehtiyojlarini qondirishga alohida e’tibor qaratilgan. Chunki,
iste’mol kreditlarining berilishi aholi uchun respublikada ishlab chiqarilgan
iste’mol tovarlarini sotib olish uchun keng imkoniyatlar yaratib bersa, ipoteka
kreditlari yosh oilalar va boshqa toifadagi aholining uy-joy bilan ta’minlanish
darajasini oshiradi.
2010 yil 1 yanvar holatiga O’zbekiston banklari Assosiasiyasiga a’zo 19 ta
tijorat banki tomonidan 40 dan ortiq turdagi iste’mol krediti joriy etilgan bo’lib,
ular 6 oydan 3 yilgacha muddatga beriladi. 2009 yilning oktyabr-noyabr oylari
davomida 11 ta yangi turdagi iste’mol kreditlari muomalaga chiqarildi. Bundan
tashqari ba’zi banklar tomonidan amaldagi iste’mol kreditlarining shart va
talablariga biroz o’zgarishlar kiritildi.
Hozirda 20 ta tijorat banklari tomonidan 37 ta turdagi ipoteka krediti joriy
etilgan bo’lib, ular 3 yildan 15 yilgacha muddatga beriladi. Ipoteka krediti uy-joy
sotib olish, qurish va oldindan sotib olingan uy-joylarni ta’mirlash uchun ajratiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 iyuldagi 670-sonli
«Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni
modernizasiyalashdagi investisiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish
chora-tadbirlari to’g’risida» gi va 2007 yil 7 noyabrdagi 726-sonli «Bank tizimini
yanada rivojlantirish va bo’sh pul mablag’larini bank aylanmasiga jalb etish chora-
tadbirlari to’g’risida»gi Qarorlariga muvofiq banklarning minimal ustav kapitallari
miqdoriga o’zgartirishlar kiritildi.


Ushbu qarorlarga muvofiq yangi tashkil etilayotgan tijorat banklarining


minimal ustav kapitali 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab, quyidagicha miqdorda
belgilab qo’yildi:
- tijorat banklari uchun so’m ekvivalentida 5 mln. yevro miqdorida;
- xususiy banklar uchun so’m ekvivalentida 2,5 mln. yevro miqdorida.
Respublikamiz bank amaliyotida kreditlash shakllaridan keng foydalanish
mijozlarning kreditlarga ehtiyojlarini to’laroq qondirish, banklarning kredit
operasiyalari ko’lamini kengaytirish, kredit riskini ma’lum darajada
minimallashtirish va nihoyat banklarning kredit operasiyalaridan oladigan
daromadlari oshishiga olib keladi.
2010 yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
qo’llab-quvvatlash maqsadida 2009 yildagiga nisbatan 1,4 barobar ko’proq kredit
resurslarini ajratish ustuvor yo’nalish qilib belgilandi. Shu bilan birga,
mikrokreditlarning darajasi esa 1,3 barobarga o’sishi kutilmoqda (6.5.3-rasm).
Bugungi kunda bank faoliyati barqarorligining asosi bo’lgan Markaziy bank
nochor banklarni aniqlash va ularga iqtisodiy madad berish, ularning sinishiga yo’l
qo’ymaslik chora-tadbirlarini ko’rmoqda. Bu o’z navbatida tijorat banklari
moliyaviy barqarorligining oshirilishi hamda aholining bank tizimiga ishonchini
yanada mustahkamlanishiga imkon yaratmoqda.
So’nggi yillarda mamlakatimiz tijorat banklari hamda yangi tashkil
topayotgan kredit institutlari o’rtasida teng va beg’araz raqobat vujudga kelmoqda.
Bu esa tijorat banklari boshqaruv strategiyasining to’g’ri tanlanganligi,
aktivlarning ishonchli joylashtirilganligi, majburiyatlarni bajarish va likvidlilikni
ta’minlashda ijobiy natijalarga erishish zarurligi hamda shu asosda yuqori
daromadga erishish mumkinligidan darak bermoqda.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling