O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet87/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

6.5.1-jadval
O’zbekiston Respublikasida 2010 yilgi investision dasturi kapital
qo’yilmalarining asosiy parametrlari

Moliyalashtirish manbalarining
2010 yilgi
Jamiga
16[16]
Қаранг:www.lex.uz




nomlari
prognoz,
mlrd. so’m
nisbatan
foizda
Kapital qo’yilmalar, jami
18220,3
100
1.
Markazlashtirilgan investisiyalar
3819,8
20,9
2.
Nomarkazlashtirilgan investisiyalar
14400,5
79,1
2.1. Korxonalar mablag’lari
7777,7
42,7
2.2. Tijorat banklari kreditlari
1530,0
8,4
2.2.1 Shu jumladan, ATB «Qishloq qurilish
bank»ining imtiyozli kreditlari
256,3
1,4
2.3. To’g’ridan to’g’ri xorijiy investisiyalar v
kreditlar
3876,8
21,2
2.4. Aholi mablag’lari
1216,0
6,6
Manba: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1213-sonli «O’zbekiston
Respublikasining 2010 yilga investision dasturi haqida»gi Qarori.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi 4010-sonli
«Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish to’g’risidagi tartibni
tasdiqlash to’g’risida»gi Farmoyishi bilan iqtisodiy nochor korxonalarning
moliyaviy qobiliyatini tiklash bo’yicha bir qator imtiyozlar (ko’maklar) berilgan.
Yuqorida qayd etilgan me’yoriy hujjat orqali tijorat banklariga ham
muayyan imkoniyatlar berilgan. Jumladan:
- bankrot korxona negizida ustav jamg’armasi 100 foizgacha bo’lgan yangi
korxona tashkil etish;
- bankrot korxonaning tugatilishi munosabati bilan unga avval berilgan,
qoplanmagan krediti, shu jumladan Hukumat kafolati bilan berilgan kredit
summasini bank kengashining qarori bilan hisobdan chiqarish;
- bankrot korxona uchun malakali boshqaruv kompaniyasini tuzish va jalb
qilish;
- bankrot korxonani tugatish bahosida sotib olib, uning faoliyatini tiklab,
qaytadan bozor bahosida sotish va h.k.
Ayni paytda mazkur jarayonning samaradorligi va ta’sirchanligini ta’minlash
maqsadida tijorat banklari balansiga o’tkazilgan bankrot korxonalarni tiklash,
texnik va texnologik modernizasiya qilish va ishlab chiqarishni qayta
qurollantirish, zarur bo’lganda korxonani to’liq rekonstruksiya qilish orqali
faoliyat yo’nalishini o’zgartirish, strategik hamkorlik va investorlarni jalb qilishni
nazarda tutuvchi biznes-rejalarni ishlab chiqish belgilangan.
Tijorat banklarining likvidligini tartibga solgan holda, 2009 yilda belgilangan
makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga erishish, shuningdek milliy valyutaning
barqarorligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank tasarrufida bo’lgan barcha
bozor dastaklarini qo’llash ko’lamini kengaytirdi.
Bank tizimi likvidligini tartibga solish dastagi sifatida 2009 yil davomida
Markaziy bank tomonidan muntazam ravishda keng qo’llanildi. Shuningdek
Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqarilgan Davlat o’rta muddatli


obligasiyalari va Markaziy bankning obligasiyalari bilan birlamchi va ikkilamchi


bozorlarda oldi-sotdi operasiyalari amalga oshirib borildi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda Markaziy bank boshqaruvi asosida bank
tizimida bir qancha amaliy ishlar olib borildi. Banklar kapitallashuv darajasi va
bank likvidligining oshirilishi pirovardida ularning moliyaviy barqarorligini
ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratadi. Shu bilan birgalikda keng ko’lamli
islohotlarni amalga oshirishda banklarning investisiya kreditlari orqali ishtirokini
ta’minlashni faollashtirishda ularning barqaror resurs bazasini shakllantiradi.
O’zsanoatqurilishbank, Mikrokreditbank, Xalq banki, Agro bank, Asaka
banki va Qishloq qurilish banki ustav kapitallariga davlat mablag’lari yo’naltirildi.
Natijada 2009 yilning o’zida tijorat banklarining nizom kapitali 43 foizga oshdi va
bu o’z navbatida bank kapitallarini xalqaro tartibga solishining Bazel-2 standartlari
bo’yicha begilangan me’yordan banklarimiz kapitallarining yetarlilik darajasi 3
martadan ko’proqni tashkil qildi. So’nggi ikki yilda tijorat banklarining umumiy
kapitali 2 barobar ko’paydi va bugungi kunda 3 trln. so’mdan oshib ketdi.
Investisiyalashning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlash,
shuningdek jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish
maqsadida tijorat banklarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish maqsad
qilib qo’yilgan edi. Bu borada, 2009 yil davomida tijorat banklari tomonidan jami
489,2 mlrd. so’mlik 13 ta qo’shimcha aksiyalar emissiyasi amalga oshirildi (6.5.2-
rasm). Bu ko’rsatkich 2008 yilga nisbatan 212,8 mlrd. so’m yoki deyarli 77 foizga
oshgan. Garchi aksiyalar emissiyasi soni 21 tadan 13 taga kamaygan bo’lsa-da,
umumiy emissiyalar hajmi oshishi hisobiga o’rtacha emissiya hajmi 13,2 mlrd.
so’mdan 37,6 mlrd. so’mga o’sdi.
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari uchun 2009 yil o’ziga xos islohot
va o’zgarishlarga boy bo’ldi. Bunda respublika tijorat banklarining barqarorligini
ta’minlash va moliyaviy inqirozga qarshi kurashish borasida mamlakatimiz
Prezidenti tomonidan qabul qilingan qaror va 2009-2012 yillarga mo’ljallangan
Inqirozga qarshi choralar Davlat dasturi muhim ahamiyat kasb etdi.





Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling