O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010
Iqtisodiyotni modernizasiyalash va investision faollikni oshirishda
Download 0.73 Mb.
|
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тижорат банкларининг узоқ муддатли кредитлари улуши, фоиз
6.5. Iqtisodiyotni modernizasiyalash va investision faollikni oshirishda,
iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish jarayonida banklarning ahamiyati Ayni paytda banklarning kredit portfeli tarkibida jiddiy o’zgarishlar yuz bermokda. Jahon moliyaviy-iktisodiy inqirozi davom etayotganiga qaramay, banklarimiz tomonidan iktisodiyotning real sektori korxonalarini faol qo’llab- quvvatlashga alohida e’tibor berildi. Joriy yil boshiga kelib jami kredit qo’yilmalari miqdori 8,5 trln. so’mdan oshib ketdi. Tijorat banklari kapitallashuv darajasining ortishi iqtisodiyotning real sektorida investision faollikning o’sishini ta’minlashda bank kreditlarining ahamiyati ortishiga olib keldi. Birgina korxonalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 2,4 trln. so’m miqdorida investision kreditlar ajratildi. Tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlari ulushini oshirish bo’yicha ko’rilgan choralar tufayli 3 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlarning banklar kredit portfelining umumiy hajmidagi ulushi hozirgi paytda 69 foizga yetdi va so’nggi o’n yilda 28 barobar ko’paydi (6.5.1-rasm). Ushbu tendensiyani yaqin istiqbolda izchil oshirib borish vazifasi belgilab olingan bo’lib, banklar tomonidan berilgan kreditlar tarkibida investisiya kreditlarining ulushi ortib borishi, mamlakatimizdagi keng qamrovli investisiya siyosatni olib borishda banklarning ahamiyati ortishi natijasi o’laroq ularning yirik investisiya muassasalariga aylanishiga olib keladi. Тижорат банкларининг узоқ муддатли кредитлари улуши, фоиз 69% 31% Уч йилдан ортиқ муддатга берилган кредитлар Уч йилдан кам муддатга берилган кредитлар 6.5.1-rasm. Banklar aktivlari tarkibida spekulyativ tavsifdagi kreditlarning kamayishi va resurslarni real iqtisodiyotga kiritish hisobiga respublikamizning istiqboldagi rivojlanishida banklar hissasining yanada ortishiga olib keladi. O’z navbatida banklarning kapitallashuv darajasini oshirishga davlat qo’yilmalarning manzilliligi ortishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investision faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investisiyalarni, avvalo to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni keng jalb qilish va ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni modernizasiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish o’rinlarini shakllantirish va bular asosida milliy iqtisodiyotimizning barqaror va dinamik rivojlanishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1213-sonli «O’zbekiston Respublikasining 2010 yilga investision dasturi haqida»gi Qarori 16[16] tasdiqlangan bo’lib, ushbu dastur asosidagi kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida bank tizimi investision kreditlarning ahamiyati yuqori bo’lmoqda. Buni quyidagi jadval ma’lumotlari orqali ko’rishimiz mumkin. Ushbu jadval ma’lumotlariga ko’ra, 2010 yilgi investision dasturda belgilangan kapital qo’yilmalarning umumiy hajmi 18220,3 mlrd. so’mni tashkil etib, uning 8,4 foizi tijorat banklari kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi. Shundan, «Qishloq qurilish bank» ATBning imtiyozli kreditlari 256,0 mlrd. so’mni tashkil qilib, asosan ushbu kreditlar qishloq joylarida uy-joy qurilishiga sarflanishi rejalashtirilgan. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling