O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini axborot


Download 0.73 Mb.
bet94/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

6.8. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini axborot
bilan ta’minlashni tashkil etish
Biznes faoliyatini yetarli va aniq axborotlarsiz amalga oshirish mumkin emas.
Bu axborotlar biznes uchun zarur ma’lumotlar, xabarlar majmuasidan iborat
bo’ladi. Axborot ishlab chiqaruvchilar, tovarni sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi
aloqa shaklidir.
Ishbilarmonlar asosan turli xil axborotlar statistik, moliyaviy, operativ,
tashkiliy axborotlar, farmoyish tarzidagi axborot, buxgalterlik, marketing axboroti,
ta’minot bo’yicha, xodimlar bo’yicha, ma’lumotga oid axborot va boshqa
axborotlar bilan ishlaydilar.
Axborotlar yana ichki va tashqi, dasturiy va me’yoriy axborotlarga bo’linadi.
Ichki axborot kichik korxona yoki savdo tashkiloti ichki materiallaridan iborat
bo’ladi hamda korxona faoliyati, uning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini moddiy
va mehnat xarajatlari hajmi, naqd pul harakati, debitorlik va kreditorlik qarzlari
haqidagi ma’lumotlarni o’zida aks ettiradi.
Tashqi axborotlar mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, hokimiyat
idoralari, banklar, raqobatchilar va boshqa tashkilotlar bilan bo’ladigan aloqalarni
ifodalaydi. U tovarlarni sotish va xarid qilish shartlari haqidagi tashqi muhit
xabarlaridan iborat bo’ladi.
Foydalanish vaqti bo’yicha axborotlar operativ, davriy va uzoq muddatli,
o’zgarish darajasi bo’yicha birlamchi va ikkilamchi axborotga bo’linadi.
Tadbirkorlikda iqtisodiy axborotlar yetakchi rol o’ynaydi, chunki ular tovar
ishlab chiqarish, moddiy boyliklarni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish
jarayonidagi munosabatlarni aks ettiradi.
Kichik korxonalar uchun fan-texnika axborotlarning roli ham muhim, ular
ishlab chiqarishni ilmiy-texnik taraqqiyot asosida rivojlanishni aks ettiradi.
Doimiylik darajasi bo’yicha axborotlar axborotlar doimiy, shartli-doimiy va
o’zgaruvchan bo’ladi. Doimiy axborot o’z ma’nosini uzoq vaqt davomida
o’zgartirmaydi (shaharlar, korxonalar, savdo tashkilotlari nomlari, tovar turlari va
boshqalar haqidagi axborotlar).
Shartli-doimiy axborotlar ma’lum vaqt davomida o’z ma’nosini saqlab turadi.
Unga mahsulot tayyorlash uchun texnik shartlar, me’yorlar, tarif miqdorlari,
lavozim, ish haqi va hokazolar kiradi.
O’zgaruvchan axborotlar xarid qilish va sotishning o’sishini aks ettiradi. Ular
qaror qabul qilish uchun doimo tezlik bilan qayta ishlashni talab qiladi, aks holda,
ularni olishdan ma’no qolmaydi.
Har qanday axborot hujjatlarda aks ettiriladi. Hujjat axborot tarqatuvchi
vositadir.
Nafaqat ishbilarmonlar, balki bu hujjatlarni o’quvchi, ulardan foydalanuvchi,
ularni qayta ishlovchi va saqlovchi odamlarning mehnat xarajatlari hujjatning
shakllariga bog’liq. Biznesda keraksiz hujjatlarning bo’lishi mumkin emas.
Axborotlar oqimi muvaffaqiyatli biznes uchun kerakli aloqalarni ta’minlaydi.


Bunday aloqalar tovar ishlab chiqaruvchilar va ularning iste’molchilari,


mahsulotlarni sotuvchilar va xaridorlar, turli muassasalar o’rtasida zarurdir.
Axborot almashish kichik biznes faoliyati va xususiy tadbirkorlikning eng
murakkab muammolaridan biridir.
Samarali ishlayotgan ishbilarmonlar aloqa va axborot vositalaridan o’z
o’rnida unumli foydalanayotgan kishilardir. Ular aloqa va axborot jarayonlarining
mohiyatini tushunadilar, og’zaki va yozma muomalaning uddasidan chiqa oladilar.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling