O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик


Download 0.73 Mb.
bet92/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик 
субъектлари учун белгиланган солиқ 
ставкалари
38
31
15
8
7
0
10
20
30
40
1996
2000
2005
2009
2010
йиллар
ф
ои
з
6.6.1-rasm.
Rasmdagi ma’lumotlardan ko’rinadiki, 1996-2010 yillar mobaynida kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik uchun belgilangan soliq stavkalari 38 dan 7
foizgacha, ya’ni 5,4 marta qisqargan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-sonli
«Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoniga asosan kichik biznes
subyektlarini jadal rivojlantirishni yanada rag’batlantirish hamda uning mamlakat
iqtisodiyotidagi ulushini tubdan oshirish maqsadida 2005 yilning 1 iyulidan
boshlab, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq, byudjetdan
tashqari Pensiya jamg’armasi, Respublika yo’l jamg’armasi va Maktab ta’limi
jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lash o’rniga yagona soliq to’lovi joriy etildi.
Mazkur farmonga binoan, yagona soliq to’lovi hisobot choragidan keyingi
oyning 25-kunigacha har chorakda to’lanishi belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi PF-3594-sonli
«To’g’ridan-to’g’ri xorijiy xususiy investisiyalarni jalb etishni rag’batlantirish
borasida qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoniga binoan, 2005 yilning
1 iyulidan boshlab, to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etadigan
iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo’yicha daromad (foyda)
solig’i, mulk solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni
obodonlashtirish solig’i, ekologiya solig’i, mikrofirmalar va kichik korxonalar
uchun belgilangan yagona soliq to’lashdan, shuningdek Respublika yo’l
jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashdan ozod qilindi.
To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investisiyalar hajmi quyidagicha bo’lganda
mazkur soliq imtiyozlari:


- 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha – 3 yil muddatga;


- 3 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha – 5 yil muddatga;
- 10 million AQSh dollaridan ortiq bo’lganda – 7 yil muddatga beriladi.
Shuningdek Farmonda ko’rsatilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida
qo’llanilishi belgilab qo’yilgan:
- mazkur korxonalarni ortiqcha ishchi kuchi bo’lgan mintaqalar –
Qoraqalpog’iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo,
Xorazm viloyatlarida, shuningdek Navoiy, Andijon, Namangan va Farg’ona
viloyatlarining qishloq aholi punktlarida joylashtirish;
- xorijiy investorlar tomonidan to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy
investisiyalarni O’zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga
oshirish;
- korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 50
foizni tashkil etishi lozim;
- ushbu korxonalar davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin to’g’ridan-to’g’ri
xususiy xorijiy investisiyalarni kiritish;
- xorijiy investisiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy
texnologik uskuna tarzida qo’yish;
- mazkur imtiyozlarning qo’llanish muddati davomida imtiyozlardan olingan
daromadni korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investisiyalashga
yo’naltirish.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling