O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet97/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Qisqa xulosalar
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining asosiy faoliyati banklar
bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular olib borayotgan faoliyat – xomashyoni sotib
olish, ishlab chiqarilgan tovarlar, ko’rsatiladigan xizmatlarga haq to’lash,
ishlovchilarni ish haqi bilan ta’minlash, turli toifadagi korxonalar, firmalar va
boshqa yuridik shaxslar bilan bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar, ya’ni olingan
daromaddan soliq to’lash, transport, kommunal xizmatlari uchun barcha turdagi
to’lovlar, shuningdek olinadigan kreditlar va boshqa hisob-kitoblar banklar orqali
amalga oshiriladi.
Bank operasiyalari aktiv va passiv operasiyalardan iborat bo’ladi. Passiv
oprerasiyalar pul mablag’larini ma’lum bir yo’nalishga safarbar etishga qaratilgan
bo’ladi. Aktiv operasiyalar turli xarakterdagi kreditlar berish bilan bog’liqdir.
Soliqlar qonun bilan belgilangan, byudjetga majburiy to’lanadigan pul
to’lovlaridir. Soliqlar, avvalo, davlatning vazi-falarini moliyaviy mablag’lar bilan
ta’minlash zaruratidan kelib chiqadi. O’zbekiston Respublikasida umumdavlat va
mahalliy soliqlar amal qiladi. 2005 yilning 1 iyulidan boshlab, mikrofirmalar va
kichik korxonalar uchun yagona soliq tizimi joriy etilgan.
Tadbirkorlikning iqtisodiy faoliyat yuritishlari, moliyaviy va buxgalteriya
hisob-kitoblarini to’g’ri amalga oshirishlarida auditorlik xizmati muhim o’rin
tutadi. Auditning asosiy maqsadi – korxonalarning moliyaviy va xo’jalik
operasiyalari to’g’riligi va O’zbekiston qonunchiligiga mosligini aniqlashdan
iborat.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Bankning passiv va aktiv operasiyalarining mohiyati nimada?
2. Bankda kredit berish tartidi qanday tashkil etilgan?
3. Banklar bilan tadbirkorlar o’rtasida bajariladigan ope-rasiyalarda o’zaro
munosabatlar qanday tashkil etiladi?
4. Banklar bilan tadbirkorlar o’rtasidagi valyuta operasiyalari qanday
bajariladi?
5. Tadbirkorlik faoliyatida soliq solish tartibini izohlab bering.
6. Soliq solish obyekti va bazasi nima?
7. Soliq stavkalarining tarkibi qanday tuzilgan?
8. Aksiz solig’i nima? Uning amal qilish tartibi qanday?


9. Auditning asosiy maqsadi nimalardan iborat?


10. Auditorlarning huquq va burchlari nimalardan iborat?
11. Kichik biznes faoliyatida axborotning mohiyati va ahamiyati nimada?
12. Biznesda axborot turlari va ularning tutgan o’rni qanday?
13. Axborot almashinuvining asosiy elementlari nimalardan iborat?
14. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda axborotlar tizimidan
qanday foydalanadilar?

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling