O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet101/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

7.2.1-jadval
Mahsulot tannarxining bevosita va bilvosita xarajatlari tarkibi
Xarajat moddalari
Mahsulot tannarxiga olib 
borilishi jihatidan
bevosita
bilvosita (ustama)
Xomashyo va asosiy materiallar (qayta kirim
qilingan chiqitlardan tashqari)
+
Sotib olingan butlovchi qismlar va yarim
fabrikatlar
+
Ishlab chiqarish xarakteridagi ish va
xizmatlar
+
Texnologik maqsadlar uchun ishlatilgan
yoqilg’i energiya
+
Ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq
to’lash xarajatlari
+
Ishlab chiqarishga tegishli ijtimoiy
sug’urtaga ajratmalar
+
Moddiy qiymatliklar kamomadi va
mahsulotlarning buzilishidan ko’rilgan
zararlar
+
Asosiy vositalar amortizasiyasi
+
Ishlab chiqarishga oid boshqa xarajatlar
+
Mahsulot tannarxi bir turdagi mahsulotni bevosita va bilvosita ishlab
chiqarish xarajatlarini shu mahsulot miqdoriga bo’lish orqali topiladi:
MT = MX+IX+ST+A+BIX / M
Bu yerda:
MT - mahsulot tannarxi, so’m / dona, so’m / kg va boshqa;
MX - ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari, so’m;
IX - ishlab chiqarish xususiyatidagi mehnatga haq to’lash xarajatlari, so’m;


ST - ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urta to’lovlari, so’m;


A - asosiy vositalar amortizasiyasi, so’m;
BIX - boshqa ishlab chiqarish xarajatlari, so’m;
M - mahsulot miqdori, sentner, dona, kg, tonna va hakozo.
Korxonada rejadagi (biznes-rejada belgilangan) va haqiqiy (hisobot bo’yicha
haqiqatda erishilgan) tannarx hisoblab borilishi mumkin. Bu rejalashtirilgan ishlab
chiqarish xarajatlarini haqiqatda erishilgan daraja bilan solishtirish, ortiqcha
moddiy va mehnat resurslari sarflariga yo’l qo’yilgan yoki tejamga erishilganini
aniqlash va kelgusida tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Rejadagi tannarx korxonaning mavjud texnik, texnologik va kadrlar
salohiyati doirasida mahsulot ishlab chiqarishga sarflanishi ehtimoli bo’lgan
xarajatlarning kutilayotgan maksimal darajasini aks ettiradi. Rejadagi tannarx
moddiy resurslarni sarflash me’yorlari asosida xisoblanadi.
Haqiqiy tannarx korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayonini haqiqatda
sarflangan bevosita ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi. Haqiqiy tannarx
rejadagi tannarxdan farq qilishi mumkin. Agar u rejadagi tannarxdan yuqori bo’lsa,
ishlab chiqarish samardorligining pasayishidan past bo’lsa, kapital, mehnat va
moddiy resurslardan oqilona foydalanish natijalarini aks ettiradi. Mahsulot
tannarxini hisoblashda faqat shu mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq
xarajatlar hisobga olinadi. Mahsulotni sotish va ishlab chiqarishni boshqarish bilan
bog’liq umumkorxona xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritilmay davr xarajatlariga
hisobiga kiritiladi.
Mahsulot tannarxini aniqlashda hisoblash obyektlarini bilish muximdir.
Unga qilingan xarajatlarni alohida hisobga olish mumkin bo’lmaganligidan,
umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash obyektlari bo’yicha to’g’ri
taqsimlash muximdir.
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan ishlab iqarish xarajatlari xarajat

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling