O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet98/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «To’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investisiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlari
to’g’risida»gi 2005 yil 11 apreldagi PF-3594-sonli Farmoni. “Xabarnoma” jurnali,
2005 yil, 2-son.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mikrofirmalar va kichik
korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar
to’g’risida»gi 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-sonli Farmoni. “Xabarnoma” jurnali,
2005 yil, 2-son.
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyektlari
tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini tako-millashtirish va uni noqonuniy
talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to’g’risida»gi 2005 yil 15 iyundagi
PQ-100-son qarori. “Xabarnoma” jurnali, 2005 yil, 2-son.
4. Xodiyev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik. – T.: TDIU, 2010.
5. Samadov A,N., Ostanaqulova G.N. Kichik biznes va tadbirkorlik. -T.:
Moliya-iqtisod, 2008.
6. Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va tadbirkorlik. -T.:
O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi, 2005.
7. Qosimova M.S., Xodiyev B.Yu., Samadov A.N., Muxitdinova U.S. Kichik
biznesni boshqarish: O’quv qo’llanma. –T.: O’qituvchi, 2003.
8. Aniskin Yu.P. Organizasiya i upravleniye malыm biznesom: Uchebnoye
posobiye. – M.: Finansы i statistika, 2008.




7-bob. KIChIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUBYeKTLARIDA IShLAB
ChIQARISh XARAJATLARI VA MAHSULOT 
TANNARXI TAHLILI
7.1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati,
tarkibi va elementlari
Har bir korxona mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq xarajatlarni
amalga oshiradi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sarf qilingan moddiy
resurslar (asosiy vositalar eskirishi, xomashyo va materiallar, yonilg’i-moylash
materiallari, ehtiyot qismlar va boshqa) va jonli mehnat sarfi ishlab chiqarish
xarajatlarini tashkil etadi.
Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyati natijasida yuzaga
keladigan xarajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin (7.1.1-rasm):
1. Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko’ra:
- ishlab chiqarish xarajatlari;
- noishlab chiqarish xarajatlari.
2. Ishlab chiqarishda sarf etiladigan resurslar manbaiga ko’ra:
- ichki xarajatlar;
- tashqi xarajatlar.
3. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga nisbatai:
- doimiy xarajatlar;
- o’zgaruvchan xarajatlar.
4. Mahsulot tannarxiga olib borilishi jihatidan:
- bevosita xarajatlar;
- bilvosita xarajatlar.
5. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa faoliyati
natijasida yuzaga keladigan:
- mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
- davr xarajatlari;
- moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar;
- favqulodda zararlar.
Ishlab chiqarish xarajatlari bevosita ishlab chiqarish jarayoni amalga
oshirish bilan bog’liq quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
- bevosita moddiy material xarajatlari;
- bevosita mehnatga haq to’lash xarajatlari;
- ishlab chiqarishga taalluqli ustama xarajatlar.
Bevosita mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan
xarajat turlari noishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi. Uning tarkibiga:
- mahsulotni sotish bilan bog’liq xarajatlar;
- boshqaruv xarajatlari;
- boshqa operasion xarajatlar va zararlar;
- favqulodda zararlar kiradi.





Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling