Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali konchilik ishi fakulteti


Download 127.1 Kb.
bet1/4
Sana26.01.2023
Hajmi127.1 Kb.
#1127691
  1   2   3   4
Bog'liq
iqtisod


TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
KONCHILIK ISHI FAKULTETI
Umumkasbiy va Iqtisodiy fanlar” KAFEDRASI

Soha iqtisodiyoti va menejmenti ” FANIDAN
Ishlab chiqarish xarajatlari va tannarx ” MAVZUSIDA

MUSTAQIL ISH



Qabul qildi: Isroilova X

Bajardi: Qudratova K


Olmaliq – 2022

Reja:
1.Korxona ishlab chiqarish harajatlari turlari
2. Yillik ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot tannarxi
3. Sanoat mahsulotlarining tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar

Har bir korxona maxsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq harajatlarni amalga oshiradi. Maxsulot ishlab chiqarish jarayonida sarf qilingan moddiy resurslar (asosiy vositalar eskirishi, xomashyo va materiallar, yonilg‘i-moylash materiallari, ehtiyot qismlar va boshqalar) va jonli mehnat sarfi ishlab chiqarish harajatlarini tashkil etadi.


Ishlab chiqarish xarajatlari korxonaga maxsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko‘rsatadi, ya’ni maxsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.
Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan harajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin:
1. Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko‘ra:
- ishlab chiqarish harajatlari;
- noishlab chiqarish harajatlari.
2. Ishlab chiqarish resurslarining manbaiga ko‘ra:
- ichki harajatlar;
- tashqi harajatlar.
3. Maxsulot ishlab chiqarish xajmining o‘zgarishiga nisbatan:
- doimiy harajatlar;
- o‘zgaruvchan harajatlar.
4. Maxsulot tannarxiga olib borilishi jixatidan:
- bevosita harajatlar;
- bilvosita harajatlar.
5. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan:
- maxsulot tannarxiga kiritiladigan harajatlar;
- davr harajatlari;
- moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar;
- favqulodda zararlar.
Ishlab chiqarish xarajatlari bevosita ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirish bilan bog‘liq quyidagi harajatlardan tashkil topadi:
- bevosita moddiy harajatlari;
- bevosita mexnatga xaq to‘lash harajatlari;
- ishlab chiqarishga taalluqli ustama harajatlar.
Bevosita maxsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan harajat turlari noishlab chiqarish harajatlari deb yuritiladi. Uning tarkibiga:
- maxsulotni sotish bilan bog‘liq harajatlar;
- boshqaruv harajatlari;
- boshqa operatsion harajatlar va zararlar;
- favqulodda zararlar kiradi.
- tashqi harajatlar, o‘z maxsulotini ishlab chiqarish uchun zarur narsalarni o‘z ichiga oladi (xomashyo, yoqilg‘i, transport, aloqa, soliq to‘lovlari).
- ichki harajatlar, binolar, asbob-uskunalar va boshqa sarflarning hammasini o‘z ichiga oladi.
Harajatlarning tarkibiy tuzilishi, ishlab chiqarish omillari bilan bog‘liqligi doimiy va o‘zgaruvchan harajatlarni paydo etadi.
O‘zgarmaydigan xarajatlar - doimiy harajatlardir. Bularga renta to‘lovlari, qarz foizi, reklama, ijara xaqi, oldindan to‘lanishi ko‘zda tutilgan maoshlar kiradi.
O‘zgaruvchan xarajatlar deb, ishlab chiqarish hajmiga nisbatan to‘g‘ri proporsional bo‘lgan harajatlarga aytiladi.
Ularga ish xaqi, xomashyo, yoqilg‘i, tashish xarajatlari va boshqalar kiradi. Ishlab chiqarish hajmi oshsa, bu harajatlar ortadi, ishlab chiqarish hajmi kamaysa, harajatlar kamayadi.

Download 127.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling