Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali konchilik ishi fakulteti


Korxona ishlab chiqarish harajatlari turlari


Download 127.1 Kb.
bet2/4
Sana26.01.2023
Hajmi127.1 Kb.
#1127691
1   2   3   4
Bog'liq
iqtisod

Korxona ishlab chiqarish harajatlari turlari
Maxsulot tannarxini tashkil kiluvchi harajatlar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra, quyidagi guruhlarga taqsimlanadi.
• moddiy harajatlar;
asosiy fondlar amortizatsiyasi;
• ish haqi harajatlari;
• ijtimoiy extiyojlarga bo‘lgan harajatlar;
• boshqa harajatlar.
Moddiy xarajatlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
• xomashyo va material harajatlari;
• yoqilg‘i va energiya;
• sotib olinuvchi butlovchi qismlar va yarim tayyor maxsulotlar;
• qadoqlash va o‘rov materiallari;
• extiyot qismlar;
• boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan ishlab chiqarish xizmatlari;
• tabiiy xom-ashyodan foydalanish bilan bog‘liq soliq, yig‘im va boshqa to‘lovlar;
• ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik tufayli yuzaga keladigan yo‘kotishlar;
• tabiiy yo‘qotishlar bilan bog‘liq bo‘lgan yoki aybdor shaxslar mavjud bo‘lmagan holda yuzaga keladigan yo‘qotishlar.

Mahsulot tannarxi korxona harajatlari tushunchasidan farq qiladi. Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, sotish va boshqa moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijasida yuzaga keladigan barcha xarajatlari maxsulot tannarxiga kiritilmaydi.


Mahsulotning (ishning, xizmatning) ishlab chiqarish tannarxiga uni bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘liq harajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli:
- bevosita moddiy harajatlar;
- bevosita mehnat harajatlari;
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bilvosita ustama harajatlar. Bu harajatlarning ko‘pchiligini naturada, ya’ni dona, kg, metr va boshqa ko‘rinishlarda hisobga olib borish va rejalashtirish mumkin. Ammo mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan barcha harajatlarni birgalikda hisobga olish uchun ularni yagona o‘lchov birligiga - qiymat-pul ko‘rinishiga keltirish talab etiladi.
Mahsulot tannarxi bir turdagi mahsulotni bevosita va bilvosita ishlab chiqarish harajatlarini shu maxsulot miqdoriga bo‘lish orqali topiladi:

Download 127.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling