O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Tadbirkor rahbar faoliyatida mojaroli holatlar


Download 0.73 Mb.
bet143/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

9.4. Tadbirkor rahbar faoliyatida mojaroli holatlar 
va ularni hal etish usullari
Tadbirkor rahbar faoliyatida har xil ziddiyat (konflikt)lar va mojarolar uchrab
turadi. Mehnat shart-sharoitlari, mehnat natijalari, moddiy va ma’naviy
ehtiyojlarning qondirilmasligi, mehnatdan qoniqmaslik tufayli tadbirkor rahbar va
xodimlar o’rtasida ziddiyatlar va mojarolar kelib chiqadi. Bu yerda tadbirkor
rahbar bilan xodimlar o’rtasidagi va shaxslararo ziddiyatlarni fikrlash kerak. Bu
hollardagi ziddiyatlarning bir necha sabablari mavjud.
Moddiy-texnik sabablar – mehnat vositalari bilan mehnat jarayonlari, shart-
sharoitlari o’rtasidagi ziddiyatlar. Asbob-uskunalar, jihozlar eskiligi uchun mehnat
sharoiti yomon, mehnat unumdorligi past va hokazo. Bular xodimlarga
g’amxo’rlik qilishga to’siq, moddiy va ma’naviy ehtiyojlar qondirilmasligiga
sabab bo’ladi.
Xo’jalik-tashkiliy sabablar – mehnat natijalarini to’g’ri baholamaslik,
mehnatni to’g’ri taqsimlamaslik. Bular xodimlarda norozilik tug’diradi.
Ijtimoiy-kasbiy sabablar – xodimlarning bilimi, malakasi va kasb mahoratini
nazar-pisand yetmaslik, xodimdan o’z o’rnida foydalanmaslik, mehnat
qonunchiligiga amal qilmaslik.
Ijtimoiy-demografik sabablar – xodimlarning yoshi, jinsi, millati,
ma’lumoti kabi omillarni, oilaviy sharoitlarini inobatga olmaslik.
Ijtimoiy-psixologik sabablar – xodimlar faoliyatida yaqqol ko’zga
tashlanadigan yaxshi va yomon xislatlar, qobiliyati, qiziqishlari, xotirasi, tafakkuri,
his-tuyg’usi kabi ruhiy holatlar bilan hisoblashmaslik.
Tadbirkor rahbar faoliyatida qo’l ostidagilar bilan muloqot-muomalada ham
ziddiyatli holatlar ro’y berishi mumkin. Bunga rahbarning yoki xodimning
kalondimog’ligi, muomala madaniyatining pastligi, qiziqqon-jizzakiligi, qo’rsligi,
qo’polligi, tundligi va boshqalar sabab bo’ladi. Xodimning dangasaligi, yalqovligi,
maqtanchoqligi, loqaydligi, beparvoligi ham ba’zan ziddiyatlar tug’diradi.
Tadbirkor rahbar va xodimlar o’rtasidagi ruhiy psixologik ziddiyatlar kelib
chiqishiga sabab:
1) mehnat jarayonining noto’g’ri uyushtirilishi;
2) shaxslararo munosabatlarning xilma-xilligi va murakkabligi;
3) jamoa a’zosining o’ziga xosligidir.
Tadbirkor rahbar bunday ziddiyatli holatlarni to’g’ri idrok etishi, tahlil qilishi,
baholashi muhim ahamiyatga ega. Agar rahbar har bir ziddiyatli hodisaga holisona,
do’stona, samimiy munosabatda bo’lsa, masala to’g’ri yechimini topadi, bordi-yu,
jizzakilik qilib, yengiltaklik bilan baholasa, nosog’lom axloqiy-ruhiy muhit paydo
bo’lishiga yo’l qo’yadi. Tadbirkor rahbar har qanday ziddiyatli holatda o’zini
tutishi, bosiq bo’lishi, uzoqni ko’zlashi, murosa-madora qilishi, holatga
moslashishi, suhbatdoshini hamkorlikka, yaxshilikka da’vat qilishi yaxshi natija
beradi.
Bizningcha, tadbirkor rahbarning har qanday ziddiyat va mojaroni bartaraf


etish yo’llari quyidagilardan iborat:


1. Mojaroning kelib chiqish sabablarini aniqlash va uning o’tkirlashishiga yo’l
qo’ymaslik uchun chora-tadbirlar ko’rish.
2. Mojaroli vaziyatni yumshatish – ziddiyatga borgan kishilar bilan oshkora
suhbat va ular sonini kamaytirish choralarini izlash.
Vaziyatni to’la idrok etish, o’zlashtirish – «ahvol»ning xo’jayini bo’lib olish
va qat’iy chora ko’rish.
Mojaro va uning vaziyatlarini chuqur tahlil qilishi:
- mojarolashayotgan tomon va guvohlar bilan alohida suhbatlashishi;
- ularning maqsadi, qiziqishlari, xulq-atvori, kasbi, tajribasi, turmush sharoiti
va boshqa ruhiy-ma’naviy jihatlarini o’rganish;
- mojaroli vaziyatning sabablari, jamoaning unga munosabatini aniqlash;
- mojaro haqidagi axborotlarni haqiqiy ahvol bilan solishtirish;
- mojaroni hal etishning har xil usullarini ishlab chiqish va tahlil qilish;
- mojaroni hal etishning eng qulay usuli, shakli, vositasi va sharoitlarini
tanlash;
- tanlangan usullarni jamoa tarbiyasi, mehnat vazifalari, maqsadlari bilan
qiyoslab, taroziga solib ko’rish;
- tanlangan va tekshirilgan usulni qo’llab, mojaroni bartaraf etish;
- mojaro bartaraf etilganidan hammani xabardor qilish;
- mojaro keltirib chiqargan tomonning nohaqliligi isbotlangach ularni to’g’ri
yo’lga boshlash va hokazo.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qaysi bo’g’indagi tadbirkor shuni tushunib
yetmog’i kerakki, har qanday sharoitda ham insonga g’amho’rlik qilish, inson
ruhiy holatini barqaror etishga qaratilgan jarayonlarni tashkil etish, jamoaning har
bir a’zosi mehnatdan moddiy va ma’naviy qoniqish hosil qilishiga erishish uning
zimmasidagi muqaddas vazifadir.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling