O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet160/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Banklarning kredit portfeli – tijorat banklari tomonidan berilgan
kreditlarning umumiy jamlanmasi bo’lib, ular quyidagicha tasniflanadi: a) yaxshi;
b) standart; v) substandart; g) shubhali; d) umidsiz. Tijorat banklarining ma’lum
sanaga ssuda hisobvaraqalarida qolgan pul mablag’lari majmuasi (qoldig’i).
Bandlik – mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan
mashg’ul bo’lishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan
bog’liq va qonunga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati.
Bank likvidliligi – banklar majburiyatlarini o’z vaqtida qaytara olish
qobiliyati yoki passivlardagi majburiyatlarni qaytarish uchun aktivlarni pulga
aylanish qobiliyatidir.
Bond – bojxona boji to’lanmagan tovar.
Bord – molning sotuvchi hisobidan kemaga yetkazib berilish sharti.
Bonusxizmat uchun mukofotlash, rag’batlantirish. Tovar bozorida
bonusning miqdori sotilgan yoki xarid qilingan tovarning qiymatiga, undan
olinadigan foizga, tovarning bozorda tez sotilishiga, sotilish yo’liga, iqtidorli
komissionerlar o’rtasidagi raqobat darajasiga bog’liq.
Broker – sotuvchi va oluvchi o’rtasidaga vositachi; mijozlarning topshirig’i
bilan va ular hisobiga ishlaydigan hamda vositachilik ishi uchun o’z komission
haqini oluvchi shaxs.
Buyurtma – xaridorning (buyurtmachining) sotuvchiga jo’natadigan hujjati
bo’lib, unda molni xarid qilishga qat’iy qaror qilinganligi ifodalanadi.
Valvasiya – chet el tangasi qiymatini davlat pul birligida baholash.
Valyuta – biror mamlakatda qabul qilingan pul tizimi va pul birligi.
Valyuta kursi – bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida


ifodalanishi. Valyuta kursining o’rnatilishi kotirovka deyiladi.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling