O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati


Download 0.73 Mb.
bet22/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati. Tadbirkorlik faoliyati turlari
nisbatan mustaqil bo’lib, bir-birini to’ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining
barcha turlarini belgilab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining
ustuvorligini tan olish kerak.
Innovasion, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish,
xizmat ko’rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab
chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqchi
bo’lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan
shug’ullanishi, qanday mahsulot ishlab chiqarishi, qanday xizmat
ko’rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish amalga oshgandan keyin
tadbirkor marketing bilan shug’ullanadi. U tovarga talabni bilish maqsadida
tovarning potensial iste’molchilari, xaridorlari, ulgurji va chakana savdo
bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar bilan aloqa qiladi.
Muzokaralar ishbilarmon va bo’lajak xaridorlar o’rtasida shartnoma
tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi
tavakkalchilikning oldini olish imkonini beradi. Shu ishlar amalga oshmasa,
tadbirkor faqat og’zaki va’dalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi.
Barqaror bozor sharoitida rivojlangan mamlakatlarda og’zaki kelishuvlar
ishonchli kafolat bo’lib, zarur hollarda shartnoma, bitim shaklida
rasmiylashtiriladi. Biroq mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi
shakllanayotgan davrda og’zaki bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik
kuchlidir.
Tadbirkorlik faoliyatining keyingi bosqichi ishlab chiqarish omillarini
sotib olish yoki ijaraga olishdir.




Ishlab chiqarish omillari. Ma’lumki, ishlab chiqarish omillari ishlab
chiqarish fondlari, ishchi kuchi, axborotdan iborat. Ishlab chiqarish fondlari
o’z navbatida asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlariga bo’linadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari (mehnat qurollari) inshootlar, uzatuvchi
moslamalar, quvvatli mashina va jihozlar, ishchi mashina va jihozlar, o’lchov
uskunalari, laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi, transport vositalari,
ishlab chiqarish inventarlari va boshqa asbob-uskunalardan iborat. Asosiy ishlab
chiqarish fondlariga sex zavod va laboratoriya binolari kiradi.
Korxona hududi atrofidagi devorlar, ko’priklar, neft quduqlari, ko’mir koni
qatlamlari va shunga o’xshash boshqa qurilmalar inshoot jumlasiga kiradi.
Uzatuvchi moslamalarga quvvatli kabellar, elektr uzatkich liniyalari, turli uzatkich
quvurlari, neft va gaz uzatkich quvurlari kiradi. Quvvatli mashinalarga turli
dvigatellar, turbinalar, bug’ qozonlari va boshqalar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish
fondlarining muhim elementi ishchi mashina va uskunalar hisoblanadi. Ularga
yordamchi sexlarning barcha texnologik moslamalari, mashina va uskunalari kiradi.
Asosiy fondlarning bu qismi shartli ravishda aktiv qismi deb hisoblanadi, chunki shu
mashina va uskunalarda mahsulotlarning asosiy qismi tayyorlanadi. Transport
vositalari tarkibiga avtomobil, temir yo’l, havo yo’llari va boshqa transportlarning
barcha turlari kiradi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlarini (mehnat predmetlari) xomashyo,
asosiy va yordamchi materiallar, yonilg’i va energetik resurslar, idish va idish
moslamalar, chidamsiz va qisqa muddatda ishlatiladigan asboblar va ishlab
chiqarish moslamalari, ta’mirlash uchun zarur ehtiyot va butlash qismlari tashkil
etadi. Sotib olinadigan butlash moslamalar, yarim tayyor mahsulotlar,
tugallanmagan ishlab chiqarish, o’zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulot,
kelajakdaagi xarajatlar ham aylanma ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi.
Qayta ishlov berilmagan sanoat mahsulotlari (ruda, neft, ko’mir, gaz va
boshqalar), qishloq xo’jaligi mahsulotlari (paxta, jun, teri va boshqalar)
xomashyoni tashkil etadi. Materiallar esa ma’lum qayta ishlash jarayonidan
o’tib tayyor mahsulot ishlab chiqarishga mo’ljallangan mehnat mahsulotidir.
Asosiy materiallar bo’lajak tayyor mahsulot (temir, yog’och, mato)ning
asosini tashkil etadi, yordamchi materiallar (bo’yoq, tugma va boshqalar)
asosiy materiallar uchun ishlatiladi yoki (moylash moylari) ishlab chiqarish
jarayoniga yordamlashadi.
Asbob-uskunalar narxi va ishlatish muddatiga qarab aylanma fondlarga
kiritiladi. Asbob-uskunalarning xizmat muddati bir yildan oz bo’lsa, u aylanma
fondlarga taalluqlidir. Yarim tayyor mahsulotlar sotib olingan yoki o’zida
tayyorlangan turlariga bo’linadi. Yarim tayyor mahsulotlar iste’molga tayyor
bo’lmagan bo’lib, uni boshqa sex firma yoki korxonada tayyor holatiga
keltirish lozim. Tugallanmagan ishlab chiqarish tugallanmagan mahsulot
bo’lib, yarim tayyor mahsulotdan farqli ravishda o’z ishchi joyida turadi. Uni
me’yoridagi ishlov berish uchun korxonaning boshqa bo’linmasiga berilmay,
shu sexning o’zida qiyomiga yetkaziladi.
Kelajakdagi xarajatlarga alohida to’xtalish lozim. Bu xarajatlar yangi
mahsulotlarni tayyorlashdagi xarajatlar bo’lib, keyinchalik ishlab chiqarish


xarajatlari jumlasiga kiritiladi. Ishchi kuchini tadbirkor e’lon, mehnat birjasi,


ishga joylash agentligi, tanish-bilishlar orqali topadi. Ishga olishda
nomzodning ma’lumoti, mutaxassisligi, ish tajribasi, shaxsiy xususiyatlari
hisobga olinadi. So’ngra tadbirkor moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari,
tayyorlanadigan mahsulotlarni sotish bozori haqida axborot to’playdi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling