O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet28/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Fond birjasi. Moliyaviy tadbirkorlikning elementlaridan yana biri fond
birjasidir. Kapitalning ko’payishi, aktivlarning haqiqiy narxini aniqlashga
qaratilgan qimmatbaho qog’ozlar bozoriga fond birjasi deyiladi. Fond birjasining
faoliyat tamoyili talab va taklifni tezkor tartiblashtirishdan iboratdir. Fond
birjalarida qimmatbaho qog’ozlarning kopirovkasi o’tkaziladi. Bunga muvofiq
birjaning kopirovka bo’limi mutaxassislari birja orqali o’tayotgan barcha
qimmatbaho qog’ozlarning xarid kursi va sotuv kurslarini muntazam ravishda


baholab boradilar. Joriy kurslar esa doimo chiroqli tabloda yozilib, maxsus


byulletenda chop etiladi.
Joriy kurslarga binoan shu vaqt shu birjada ma’lum aksiyalarni sotish
yoki sotib olish narxlari aniqlanadi. Bu narxlar maxsus formula yordamida
chiqarilsa, ular birja faolligining indeksini aniqlash uchun asos bo’ladi. Birja
faolligi iqtisodiyotda sodir bo’layotgan ahvolni o’ziga xos ravishda aks ettiradi.
Shu bilan birga, davlat monopolistik kapitalizm sharoitida qimmatbaho
qog’ozlar savdosida birja roli ancha pasaydi. Buning asosiy sababi kuchli
kredit-moliya institutlarining yuzaga kelishidadir. Ular qimmatbaho qog’ozlar
savdosini birjalarsiz olib boradilar. Qimmatbaho qog’ozlar savdosida birjalar roli
tushib ketganiga sabab, davlat obligasiyalarining qimmatbaho qog’ozlar umumiy
hajmidagi salmog’i oshganligidadir.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda ham fond birjalari o’z faoliyatini amalga
oshirib kelmoqda. «Toshkent» respublika fond birjasi erkin sotuvga
chiqarilgan aksiyalar savdosi bilan shug’ullanuvchi yopiq aksiyadorlik jamiyati,
1994 yil aprelda «Toshkent» respublika universal tovar-fond birjasi
tarkibidagi fond bo’limi asosida tashkil etildi.
Birja qimmatli qog’ozlarning bir maromda muomalada bo’lishini ta’minlaydi,
ularning bozor bahosini belgilaydi va ularga doir ma’lumotlarni tarqatadi.
Birjaning 81 brokerlik idorasi bo’lib, ularda jami 240 broker ishlaydi.
Respublikaning qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish borasida hukumat
tomonidan bir qancha tadbirlar ko’rildi. Bunday bozorlar respublikada ilgaridan
ma’lum bo’lib, 20-30 yillarda veksellar, depozitli sertifikatlar, obligasiyalar
muomalada bo’lgan. 1995 yildan esa bunday qimmali qog’ozlar «Toshkent»
respublika fond birjasi orqali sotila boshladi.
Respublika fond bozoriga Markaziy bank tomonidan veksellar bilan birga
depozit va jamg’arma sertifikatlari chiqarildi. Qimmatli qog’ozlar bozorini
kengaytirish maqsadida fond do’konlari tarmog’i vujudga keltirildi. Ularning soni
55 taga yetdi.
1995 yilda «Toshkent» fond birjasi Yevropa-Osiyo fond birjalari
federasiyasi a’zoligiga qabul qilindi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling