O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010
Maslahat loyihasini amalga oshirishni tashkil etish
Download 0.73 Mb.
|
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konsalting firmaning mijozlarni jalb etish usullari.
Maslahat loyihasini amalga oshirishni tashkil etish. Mijoz firma bilan
aloqa o’rnatgandan keyin taklif ishlab chiqarishga kirishiladi. Taklif ishlab chiqish loyihani muhokama qilishdan boshlanadi. Bundan oldin mijoz-firma haqida batafsil axborot olishi lozim. Maslahatchi firma nima bilan shug’ullanishi, nimalarni ishlab chiqarishi, ishchilar soni, malakasi, boshqaruv xodimlar soni, ish hajmi, xarajat va daromad miqdori, firmaning moliyaviy ahvoli, shartnomalarning bor-yo’qligi, hamkorlarning ishonchliligini bilishi kerak. Undan keyin shart-sharoit, uning o’zgarish dinamikasi va muammolari aniqlanadi. So’ng bajarilishi zarur ishlarning reja-grafigi tuzilib, tegishli yuridik qog’ozlar rasmiylashtiriladi. Ishning bajarilishiga alohida e’tibor berish lozim. Maslahatchining obro’si ishning o’z vaqtida yoki muddatdan oldin bajarilishi bilan belgilanadi. Ishning qanday shaklda tugatilishini ham aniqlab olish zarur, ya’ni ish yoki xizmat muayyan natijaga erishishdan iborat ekanligini belgilash lozim. Bularning barchasi ishning reja grafigida aks etilishi kerak. Buyurtmani bajarish jarayonida buyurtmachi firmaning psixologiyasini o’rganishi kerak. Ishning bajarilish jarayonida mijozning qiziqishi susayishi mumkin, shu sababli qiziqishni susaytirmaslik uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish kerak. Buning uchun qiziqishning eng yuqori pallasida biror-bir kichik tadbirni amalga oshirish kerak. Bu tadbir mijoz-firma rahbariyatiga qaratilgan muayyan takliflar, maslahatchining taklifini majlisda muhokama qilish, ba’zi takliflarni bajarish haqidagi qarorni tayyorlashdan iborat bo’lishi mumkin. Oxirida loyiha yoki ba’zi takliflarni amalga oshirish haqida yozma hisobot rasmiylashtiriladi. Oldindan kelishilgan maslahat turlari bundan mustasno emas. Konsalting firmaning mijozlarni jalb etish usullari. Maslahat beruvchi bozorning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu faoliyat bilan shug’ullanuvchi firmalar o’z tovari, o’z xizmat namunasini ko’rsatish imkoniga ega emas. Shuning uchun ular faoliyatida mijozlarni jalb etish muammosi turadi. Mijozlarni jalb etish usullari turli-tumandir. Bunga o’z imkoniyatlarini targ’ibot qilish, reklama qilish, vositachilar yordamida mijozlarni jalb etish, firma haqida ijobiy fikr bildirgan oldingi mijozlar takliflaridan foydalanish kiradi. Eng sodda va eng keng qo’llaniladigan usul reklamadir. Firma o’z imkoniyati, xizmat ko’rsatishning taxminiy narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan loyihalar haqida turli xil reklama ma’lumotlari va reklama e’lonlarini tarqatadi. Mijozlarni jalb etishda vositachilar yordamidan keng foydalaniladi. Vositachilar rahbarning ishonchini qozongan firma xodimlari bo’lishi mumkin. G’arb mamlakatlarida bunday vositachilarni topish uchun maxsus uslublar ishlab chiqilgan. Bu maqsadlar uchun alohida mablag’lar ajratiladi. Albatta, maslahatchi firmaning obro’sini belgilab beruvchi omil o’tmishda muvaffaqiyatli yuritilgan faoliyatdir. Yirik, hatto o’rtamiyona firmalarning ijobiy tavsiyasi eng yaxshi reklamadir. Umuman firmaga maslahatchilar kerakmi? O’zbekiston iqtisodiyotini tiklanish vaqtida, ba’zi korxonalarda tubdan islohotlar olib borilayotgan davrda, nihoyatda ko’p muammolar yuzaga kelmoqda. Shu muammolarni oqilona hal etish uchun maslahatchilar salohiyati oshib borishi aniq. Shu bilan birga moliyaviy imkoniyat cheklanganligi tufayli maslahatchilarni firmaning ba’zi muammolarini hal etish uchun taklif etish maqsadga muvofiqdir. Muammolarni hal etishni korxonaning strategik rivojlanish muammosini yechishdan boshlash kerak. so’ngra marketing, innovasion imkoniyat va boshqa muammolarni hal etishga o’tish kerak. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling