O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet33/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Xususiy tadbirkorlik fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o’z
tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda)
olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan
tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir.
Xususiy tadbirkorlikning yakka tartibda faoliyat yuritayotgan
tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu yerda faoliyat yurituvchilar o’z faoliyatini
yollanma ishchi kuchi yordamida olib boradilar. Ular yuridik shaxs sifatida
ish ko’radilar va o’z korxonalarini davlat ro’yxatidan o’tkazishga majburdirlar.
Jamoa tadbirkorligi bir guruh fuqarolarning o’zlariga ma’qul bo’lgan
mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil
etishlari va shu asosda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlaridir.
Jamoa tadbirkorligi faoliyati firmalar faoliyatida o’z ifodasini topadi.
Firma muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga
ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy
jihatdan erkin va mustaqil korxonadir.
Xususiy firma deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli, yakka xususiy
mulkka asoslanib faoliyat yuritadigan korxona tushuniladi.
Firmalarning turlari juda ko’p, ularni chizmada quyidagicha tasvirlash
mumkin (2.2.1-rasm).
Shirkat firma bir necha sohibning mulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan
olinadigan foydani baham ko’rishga asoslangan sherikchilik korxonasidir.
Shirkat firmalarining ikki turi mavjud:


- mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar;


- mas’uliyati cheklangan jamiyatlar.
Firma (korxona) turlari
Xususiy
firmalar
Shirkat
firmalar
Davlat
korxonalari
Aralash
firmalar
Mas’uliyati
cheklanmagan
jamiyat
Mas’uliyati
cheklangan
jamiyat
-qo’shma korxonalar
-konsern
-konsorsium
-konsessiya
-kooperativ
-kartel
-sindikat
-venchur
-ijara
-konsalting
-injiniring
Aksiyadorlik
jamiyatlari
Korporasiya-lar

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling