O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet32/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

2.2. Tadbirkorlik faoliyati shakllari
O’zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to’g’risida»gi qonuninng 5-
moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:
- yakka tartibdagi tadbirkorlik;
- xususiy tadbirkorlik;
- jamoa tadbirkorligi;
- aralash tadbirkorlik.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng
oddiy shakli bo’lib, uni tashkil qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston
Respublikasida xususiy tadbirkorlik to’g’risidagi Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu
nizomga muvofiq yakka tadbirkor o’z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay
amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab
chiqarish bilan shug’ullanadilar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik o’z navbatida ikki turga bo’linadi:
- shaxsiy tadbirkorlik;


- birgalikdagi tadbirkorlik.


Shaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar
faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha
bayon etiladi: «Shaxsiy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlarning o’zi
tomonidan mulk huquqida, shuningdek mulkka egalik qilish va (yoki) undan
foydalanishga yo’l qo’yadigan o’zga mulkiy huquq tufayli o’ziga tegishli mol-
mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi».
Ushbu qonunning 16-moddasiga binoan birgalikdagi tadbirkorlikka
quyidagilar kiradi:
- er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan oilaviy
tadbirkorlik;
- dehqon xo’jaligining umumiy birgalikdagi mulki negizida amalga
oshiriladigan dehqon xo’jaligi;
- o’zlariga umumiy ulushi mulk huquqida tegishli bo’lgan umumiy mulk
negizida yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshiradigan shirkat xo’jaligi.
Yuridik shaxs tashkil qilmay, o’z faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkor
sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan jismoniy shaxsga davlat ro’yxatidan
o’tkazilganligi haqidagi guvohnoma beriladi va u jismoniy shaxslarni
ro’yxatdan o’tkazish reyestrida qayd qilinadi. Ushbu guvohnoma bankda hisob-
kitob varag’i ochish, soliq organlaridan ro’yxatdan o’tish, muhr va boshqa
rekvizitlarni tayyorlash uchun asos hisoblanadi.
O’zbekistan Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik to’g’risidagi Nizom»da
xususiy tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta’rif berilgan:

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling