O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


-rasm. Savdo firmasida marketing faoliyatining


Download 0.73 Mb.
bet27/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

2.1.2-rasm. Savdo firmasida marketing faoliyatining 
model-dasturi


- bitimda ko’rsatilgan ishni rejalashtirish, rasmiylashtirish va


tartiblashtirish uchun zarur bo’lgan axborotni to’plash yoki sotib olish;
- tovarni xaridorga sotish;
- bitimni rasmiylashtirish, barcha soliq va to’lovlarni to’lash.
Tijorat bitimining barcha muhim tadbirlari muddat jihatidan o’zaro
bog’liqdir. Bitim yakunida biznes-reja va harakatlarning yiriklashtirilgan
muvofiqlashtiruvchi rejasi ishlab chiqiladi. Agar bitim yirik bo’lib, ko’p
muddatga cho’zilsa, ishni bajarish reja jadvalini tuzish tavsiya etiladi.
Moliyaviy tadbirkorlik. Tijorat banklari va fond birjalari moliyaviy tadbir-
korlik uchun faoliyat ko’rsatuvchi maqom bo’lib xizmat qiladi. Ushbu bozor
institutlarining mohiyati nimada?
Tijorat banki – aksiyadorlik turidagi moliyaviy-kredit muassasasi
bo’lib, asosan pul omonatlarini (depozitlarni) qabul qiluvchi va mijoz
ko’rsatmasi bilan boshqa hisob-kitob operasiyalarni amalga oshiruvchi tijorat
tashkilotlariga pulli xizmat ko’rsatadi. Tijorat banklarining daromad manbai
depozit (jalb etilgan) va ssuda mablag’lari o’rtasidagi farqlardan shakllanadi.
Tijorat banklari operasiyalari passiv (mablag’larni jalb etish), aktiv
(mablag’larni joylashtirish), komission-vositachi (komission to’lovlari bo’lgan
mijozlarning topshiriqlarini bajarish) kabi uch guruhga bo’linadi.
Tijorat banklari mablag’larni katta muddatga olib, kichik muddatga qarzga
beradi. Bu banklar kreditorlarga oldindan belgilangan foizlarni to’lash bilan
bog’liq tijorat tavakkaliga uchraydi. Shu sababli bank berilgan qarzlari turli
sabablarga ko’ra o’z vaqtida qaytmasligini hisobga olib, ma’lum pul
zaxirasiga ega bo’lishi kerak.
1996 yil 25 aprelda qabul qilingan O’zbekistan Respublikasining «Banklar
va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunida tijorat banklari faoliyatining barcha
huquqiy asoslari aniq belgilab berilgan. 1996 yilning birinchi choragida tijorat
banklari vakillik hisob raqamlarini Markaziy bank hisob-kitoblar markaziga
o’tkazish to’liq tugallandi va kliring markazlari tugatildi. Bu hudud ichidagi
banklar o’rtasida operasiyalarning sanoqli soatlarda o’tkazilishiga imkon
beradi.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida bir qancha tijorat aksionerlik
banklari faoliyat yuritmoqda. Tijorat banklari milliy iqtisodiyotning turli soha va
tarmoqlari, korxona va tashkilotlari, xo’jalik va tadbirkorlik subyektlarini
kreditlash, moliyalash va ularga hisob-kitob xizmati ko’rsatishni amalga
oshiradi. Banklar faoliyati to’la mustaqildir. O’z resurslari yetmay qolganda ular
boshqa banklardan yoki Markaziy bankdan kredit olishi mumkin.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling