Tijorat banklarida auditorlik tekshiruvini tashkil
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ETISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI Botirov Kamoliddin Raxmonberdi o’g’li
JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES W www.sciencebox.uz Volume: 02 Issue: 05 | 2022 ISSN: 2181-2594 Journal of Innovations in Social Sciences 37 TIJORAT BANKLARIDA AUDITORLIK TEKSHIRUVINI TASHKIL ETISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI Botirov Kamoliddin Raxmonberdi o’g’li TDIU magistranti Respublikamida tadbirkorlikning rivojlanishi, hususiy tijorat korxonalarini va aksionerlik tijorat banklarning tashkil qilinishi, respublika kapital bozorining yuzaga kelishi oʻz navbatida ushbu subyektlar faoliyatini nafaqat davlat organlari tomonidan nazorat qilish, balki manfaatdor shaxslar (korxona aksionerlari, kreditorlari, taʼsischilari) tomonidan ham ushbu korxonalarning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida holis maʼlumotga ega boʻlish ehtiyoji yuzaga keldi. Aksionerlar, xususiy mulk egalari oʻz mabalfgʻlarining nimalarga sarflanayotganligini va qanday foydalanilayotganligini natijada qanday samara olinayotganligini bilishi, oʻz jamgʻarmalaridan qanday daromad, foyda olishi mumkinligi va olingan bu foyda qanchalik toʻgʻri haqiqiy ekanligini bilishga extiyoj tugʻildi. Shu ehtiyojlardan kelib chiqib holis va malakali tekshiruvlarga ham extiyoj yuzaga keldi. Auditning kelib chiqishi birinchi navbatda hisobotni tuzuvchilar (subyekt rahbarlari) manfaatlari va undan foydalanuvchilar (subyekt mulk egalari) manfaatlarining mos kelmasligi, xoʻjalik yuritish qarorini qabul qilish uchun holis maʼlumot zarurligi, maʼlumotlarni baholash uchun mahsus bilim lozimligi, olingan maʼlumotlarni baholash uchun kerakli maʼlumotlar tijorat siri boʻlganligi sababli yuzaga keldi. Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot toʻgʻriligi va qonun xujjatlariga mos kelishini aniqlash maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bogʻliq moliyaviy axborotni auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir. Audit hulosasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Markaziy bank, bank Kengashi va boshqaruvi auditorlik tashkiloti aniqlagan kamchiliklarni bartaraf qilish yoʻllarini, shu jumladan “izohli” fikr bildirishga olib kelgan kamchiliklar, Moliyaviy Xisobotni Xalqaro Standartlarini(MXXS), MXXS shartlariga mos kelmasa, unda bir oy ichida tijorat banki tomonidan auditorlik tashkiloti tomonidan koʻrsatilgan izoxlangan kamchiliklarni toʻgʻrilaydi va auditorlik tashkilotidan yangi xulosa olinishi mumkin. Banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish xuquqini beradigan sertifikatni olgan auditorlik tashkilotlari, Markaziy bankga oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvlari haqida maʼlumot berishlari shart. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling