Tijorat banklarida auditorlik tekshiruvini tashkil


JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1158923
1   2   3   4
JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES
 
W www.sciencebox.uz
Volume: 02 Issue: 05 | 2022
 
ISSN: 2181-2594
 
Journal of Innovations in Social Sciences
 
38 
Bank faoliyatini tekshirganligi toʻgʻrisidagi auditorlik hisoboti haqiqiy deb topilmasligi 
Respublikamiz bank tizimiga chet el investorlari va kreditorlari hamda omonatchilarning ishonchini 
yanada mustahkamlashdi, xususan, ularning mamalkatimizda faoliyat koʻrsatayotgan tijorat 
banklarining moliyaviy barqarorligi, kreditga layoqatliliga hamda likvidliligi toʻgʻrisida xolisona va 
aniq maʼlumotlarlarga ega boʻlishlarini taʼminlashda tijorat banklarida oʻtkaziladigan tashqi audit 
tekshiruvlarining roli muhim axamiyatga ega. Shu maqsadda, tijorat banklari tomonidan moliyaviy 
hisobotlarni Halqaro andozalarga oʻtkazish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda va bu ishlarni 
yanada rivojlantirish zarur. Chunki bu ishlarni tezroq amaliyotga joriy etishni tugallash banklarda 
tashqi audit oʻtkazishga qoʻyiladigan talablarni yanada kuchaytirishga va bu auditorlik tekshiruvlarini 
nufuzli halqaro auditorlik tashkilotlari tomonidan oʻtkazilishiga imkoniyat yaratadi. 
Respublikada banklarning faoliyati ustidan ichki va tashqi audit tekshiruvlarini yanada 
takomillashtirish, uning halqaro standartlarning oʻzgarishiga mos ravishda takomillashtirib borishni 
taʼminlash maqsadida, mamlakatimiz Prezidentining 2010-yil 26-noyabrda qabul qilgan “2011-2015 
yillarda respublika bank – moliya tizimini yanada isloh qilish va uning barqarorligini oshirish va 
yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishining ustivor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” gi PQ-1438 
sonli Qarori qabul qilindi. 
Ushbu qaror bank - moliya tizimi va auditorlik xizmati hodimlari oldiga respublikada bank nazoratini 
tizimiga Bazel qoʻmitasining yangi tavsiyalarini tadbiq etish, tijorat banklarining moliyaviy 
xolatini baholash tizimini yanada takomillashtirish, bunda banklar kapitali,aktivlari, 
boshqaruvi, daromadlari, majburiyatlarining sifati va darajasini xolis baholashini taʼminlovchi 
SAMEL(S) tizimining yangi talqinini tatbiq etish, tijorat banklari faoliyatlarini va butun respublika 
bank-moliya tizimini baxolash uchun halqaro reyting kompaniyalari tomonidan qoʻllaniladigan 
meʼyor, andozalarni hamda baholash koʻrsatkichlarini joriy etish, banklarda korporativ boshqaruv 
tizimini takomillashtirish, banklar mijozlarining kreditga layoqatliligini skoring –tahlil qilishning 
zamonaviy uslubiyotini dunyoning eng barqaror banklari tajribasini inobatga olgan holda ishlab 
chiqish va joriy etish kabi qator chora-tadbirlar belgilab berildi. 



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling