O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


-2012 yillarga mo’ljallangan inqirozga qarshi choralar dasturida


Download 0.73 Mb.
bet84/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

6.3. 2009-2012 yillarga mo’ljallangan inqirozga qarshi choralar dasturida
belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda bank tizimining tutgan
o’rni
Barcha sohalarda bo’lgani kabi moliya bozorida, shu jumladan, bank sektorida
o’tkazilayotgan islohotlar natijasida sezilarli siljish va o’zgarishlar amalga
oshirilmoqda. Bu o’zgarishlar mustaqillik yillarida jahon andozalariga mos
keladigan bank tizimini bosqichma-bosqich barpo etish bilan hamohang tarzda
davom ettirilmoqda.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining tayanadigan asosiy ustunlaridan biri
moliyaviy jihatdan mustahkam va barqaror faoliyat yurituvchi bank tizimi
hisoblanadi. Shuning uchun mustaqil davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
darajasi va kelajakdagi taraqqiyoti, avvalo, mazkur mamlakatda barpo etilgan va
muntazam ravishda takomillashtirib boriladigan bank tizimi faoliyatiga bog’liqdir.
Banklarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ular o’z mablag’lari bilangina
emas, balki omonatchi va kreditorlar, aksiyadorlar hamda mijozlar ularga ishonib
topshirgan mablag’lar bilan, ya’ni keng jamoatchilik bilan ish ko’radi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimi eng zarur jamoatchilik muassasalari
tizimlaridan biri ekan, har qanday bankning muvaffaqiyatsizligi butun jamiyat
miqyosida pul taklifi qisqarishi, to’lov tizimi buzilishi hamda hukumat yirik va
kutilmagan majburiyatlarining vujudga kelishi kabi salbiy makroiqtisodiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga
o’tish jarayoni ko’pgina muhim iqtisodiy islohotlarning tarkibiy qismi sifatida
bank tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga oshirilishi va iqtisodiyotni pul-
kredit vositalari orqali tartibga solishning bir butun mexanizmi yaratilishini taqozo
etmoqda.
Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 2009 yilda mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish
yuzasidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotni barqaror, muvozanatli
va izchil rivojlantirishning belgilangan prognozlariga erishildi hamda
makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning mutanosibligi ta’minlandi. Markaziy bank


tomonidan amalga oshirilgan kat’iy pul-kredit siyosati makroiktisodiy


barqarorlikni mustahkamlashga qaratildi.
Hukumat tomonidan 2009-2012 yillarga mo’ljallab qabul qilingan Inqirozga
qarshi kompleks chora-tabdirlar dasturi respublika bank-kredit tizimida inqiroz
ta’sirini yumshatish va bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega.
Jahonning ko’plab mamlakatlarini qamrab olgan moliyaviy inqiroz ko’lami
kengayotganiga qaramay, O’zbekiston bank tizimi ishonchliligi va barqaror
rivojlanayotgani, xorijiy moliyalashtirish manbalariga qaram emasligi va tashqi
inqiroz holatlarining salbiy ta’siriga berilmaslik xususiyatlari bilan ajralib turdi.
Shuni ta’kidlash lozimki, 2009 yilda «Asia Alliance Bank» xususiy ochiq
aksiyadorlik tijorat banki tashkil etilishi bilan respublika bo’yicha jami tijorat
banklari soni 30 taga yetdi. 2010 yilning boshidanoq, O’zbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvining 2010 yil 9 yanvardagi qaroriga muvofiq «Hi-Tech
Bank» xususiy yopiq aksiyadorlik tijorat bankiga bank operasiyalarini amalga
oshirish huquqini beruvchi lisenziya berildi va O’zbekistondagi jami tijorat
banklari soni 31 taga yetdi. «Hi-Tech Bank» xususiy yopiq aksiyadorlik tijorat
bankining ustav kapitali 5,25 mlrd. so’mdan ko’proq miqdorda shakllantirilib,
uning 51 foizi jismoniy shaxslarning mablag’lari hisobiga to’g’ri keladi. Ushbu
yangi bankning ochilishi mamlakatimiz Prezidentining «Xususiy aksiyadorlik
tijorat banklari tuzishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni
talablari izchil amalga oshirilayotganining yana bir tasdig’idir.
Iqtisodiy rivojlanishning o’sishi bank kreditining qo’llanilish ko’lamini
kengaytirib boradi. Kredit faqatgina har kunlik faoliyat bilan bog’liq ishlab
chiqarish va muomala jarayonining qisqa muddatli ehtiyojlari uchun emas, balki
uzoq muddatga kapitalga ehtiyojni qoplashga yo’naltiriladi.
Bank kreditining manbai faqat vaqtincha bo’sh mablag’lar va kapital bo’lib
qolmay, kredit asosida chek-depozit emissiyasi ham amalga oshiriladi. Bank
tomonidan beriladigan kredit miqdori mavjud jamg’armalardan ko’p bo’lsa, bank
chek-depozit emissiyasini amalga oshirishi mumkin.
Bank tizimining muomalaga kredit pullarini chiqarishi depozitlar yaratish
yo’li bilan to’laqonli pullar o’rnini bosuvchi kredit vositalarini vujudga keltiradi.
Respublika bank tizimini avtomatlashtirish va kompyuterlashtirishga
qaratilgan chora-tadbirlar natijasida nafaqat bankning ichki ehtiyojlari uchun
foydalaniladigan axborot tizimi va lokal dasturlar majmui, balki iqtisodiyotning
moliyaviy faoliyatini ta’minlovchi yaxlit milliy to’lov tizimi yaratildi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling