O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Kapital qurilishda shartnoma tizimi va tanlov savdolari


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

 
3.2. Kapital qurilishda shartnoma tizimi va tanlov savdolari
 
Qurilish ob’ektlarini foydalanishga tayyor holda pudrat usulida qurilish 
muntazam 
ishlab 
turuvchi 
qurilish 
tashkilotlari 
(firmalari) 
tomonidan 
buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bu 
qurilishning asosiy va eng keng tarqalgan usulidir. Bugungi kunda kapital qurilish 
sohasidagi barcha pudrat ishlarining taxminan 80 foizi shu usulda amalga 
oshiriladi. Uni amalga oshirish uchun “Kapital qurilish pudrat shartnomasi” asos 
bo’lib xizmat qiladi. 
Shartnomada quyidagi tariflar qo’llaniladi: 
Ijro hujjatlari - naturada bajarilgan ishlar yoki ishlarni bajarish uchun 
mas’ul bo’lgan shaxslar tomonidan ularga kiritilgan o’zgarishlarning ushbu ishchi 
chizmalarga muvofiqligi to’g’risidagi yozuvlar bilan birgalikda ob’ekt qurilishiga 
ishchi chizmalar turkumi, sertifikatlar, texnik pasportlar va o’rnatilgan asbob-
uskunalarning 
sifatini 
va 
ishlarni 
bajarishda 
qo’llanilgan materiallar, 
konstruktsiyalar 
va 
detallarning 
sifatini 
tasdiqlovchi 
boshqa 
hujjatlar, 
berkitiladigan ishlar tasdiqlanganligi to’g’risidagi dalolatnomalar, ayrim 
mas’uliyatli konstruktsiyalar oraliq davrda qabul qilinishi to’g’risidagi 
dalolatnomalar, montaj qilingan asbob-uskunalarning yakka tartibdagi sinovi 
to’g’risidagi dalolatnomalar, ishlarni bajarish daftarlari hamda qurilish normalari 
va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar; 


34 
Qurilish maydoni - mazkur shartnoma (kontrakt) doirasida barcha ishlarni 
bajarish davrida dalolatnoma bo’yicha Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga 
berilgan yer uchastkasi. Ob’ektning qurilish maydoni chegarasi ajratib qo’yiladi 
yoki bosh rejaga muvofiq belgilanadigan boshqa belgilar bilan belgilab qo’yiladi; 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling