O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
- mehnat sig’imliligi;
- amalga oshirish muddatining davomiyligi: 5-7 yil va undan ko'p; - amalga oshiriladigan hududlarning uzoqligi va natijada qo'shimcha infratuzilmaga bo’lgan xarajatlar. Megaloyihalarning o'ziga xos xususiyatlari bir qator omillarni hisobga olishni talab qiladi, ya'ni: - turli ijrochilarga loyiha elementlarini taqsimlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish zaruriyati; - mintaqaning, umuman butun mamlakatning, shuningdek, loyihada ishtirok etayotgan bir qator mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy muhitini tahlil qilish zarurati; - loyiha rejasini ishlab chiqish va uni uzluksiz yangilash. Loyihani amalga oshirish muddati jihatidan loyihalar qisqa muddatli, o'rta muddatli va uzoq muddatlilarga bo'linadi. Qisqa muddatli loyihalar odatda turli xil yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo'yicha korxonalarda, tajriba moslamalarida va qayta tiklash ishlarida amalga oshiriladi. Bunday ob'ektlarda buyrtmachi odatda loyihaning yakuniy(haqiqiy) qiymatini dastlabki narxiga nisbatan oshirib boradi, chunki u, eng avvalo, uning tezkor yakunlanishiga manfaatdor. O'rta va uzoq muddatli loyihalar faqat bajarish nuqtai nazaridan farq qiladi va ular rejalashtirishning dastlabki bosqichini kechiktirish bilan tavsiflanadi. Sifat jihatidan loyihalar nuqsonli va nuqsonsizlarga bo'linadi. Nuqsonsiz loyihalar ustuvor omil sifatida yaxshilangan (yuqori) sifatni qo'llaydi. Odatda nuqsonsiz loyihalarning qiymati juda yuqori va bir necha yuz million va hatto milliardlab dollarni tashkil etadi. 57 Cheklangan resurslar omilini hisobga olgan holda ko'p (multi), yakka (mono) va xalqaro loyihalarni ajratib ko'rsatish mumkin. Multiloyihalar loyiha buyurtmachisining g’oyasi bir-biri bilan o'zaro bog'liq bo'lgan bir necha loyihalarga tegishli bo'lgan holatlarda qo'llaniladi, ularning har biri o'z resurs chegarasiga ega emas. Multiloyiha ishlab chiqarish, moliyaviy, vaqtinchalik imkoniyatlar va buyurtmachilarning talablari (mijozlar ehtiyojlari) bilan cheklangan firmaning ishlab chiqarish dasturi doirasida ko'plab buyurtma(loyiha) va xizmatlarning bajarilishi hisoblanadi. Multiloyihalar uchun muqobil loyihalar sifatida bitta loyiha jamoasi tomonidan amalga oshiriladigan va alohida investitsiyalar, ijtimoiy va boshqa loyihalar tomonidan aniq belgilangan resurslar, vaqt va boshqa tizimlarga ega bo'lgan mono loyihalar hisoblanadi. Xalqaro loyihalar odatda sezilarli darajadagi murakkablikka va xarajatlarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, mazkur loyihalar qaysi mamlakatlar uchun ishlab chiqarilayotgan bo’lsa, ular o’sha mamlakatlarning iqtisodiyoti va siyosatida muhim ro’l o’ynashi bilan ajralib turadi. Ushbu loyihalarning o’ziga xosligi quyidagicha: - ular uchun uskunalar va materiallar odatda jahon bozorida xarid qilinadi. Bu yerdan, loyiha uchun xaridlarni amalga oshiradigan tashkilotga nisbatan qo’yiladigan talablar yuqoriligi kelib chiqadi. Bunday loyihalarni tayyorlash darajasi shunga o’xshash "ichki" loyihalarga qaraganda ancha yuqoriroq bo'ladi. Investitsiya loyihasining ishtirokchilari 4.2 - rasmda ko’rsatilgan. Loyihaning hayotiy davri muhim ahamiyatga ega. Loyihaning hayotiy davri, uning faza yoki bosqichlarini aniqlashda umumiy qabul qilingan an’anaviy yondashuv mavjud emas va ehtimol, mavjud bo'lmasligi ham mumkin. Ushbu tavsiflar ma'lum bir loyihaning o'ziga xosliklari, uni amalga oshirish shartlari va ishtirokchilarning tajribalariga bog’lik bo’ladi. 58 Loyihaning hayotiy davri asosiy bosqichlari: Odatda, loyihaning hayotiy davri quyidagi to'rtda bosqichdan iborat: 1. Dastlabki bosqich (konsepsiya); 2. Ishlab chiqish bosqichi; 3. Amalga oshirish bosqichi; 4. Tugatish bosqichi. Loyiha konsepsiyasi quyidagilarni o'z ichiga oladi: Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling