77
VI BOB. QURILISHDA LOYIHALASHTIRISH
IQTISODIYOTI VA UNI TASHKIL ETISH
6.1. Qurilishda loyihalashtirish maqsadi va vazifalari
Har bir qurilish ob’ektini tiklashda avvalom bor,
uning qurilishini amalga
oshirishning texnik imkoniyatlari va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi
ko’rib chiqiladi.
Bu vazifalar, savol va masalalar “loyiha” deb nomlanuvchi
maxsus hujjatda o’z aksini topadi.
Loyiha – bu quriladigan injenerlik inshooti yoki quyidagi ko’rinishda
namoyon etiladigan sanoat ishlab chiqarilishi yoki fuqarolar uchun mo’ljallangan
ob’ktlarni shakllantirish bo’yicha quyida keltirilgan maqsadlar tizimidir:
- qurilayotgan
inshootning arxitektura-rejaviy, konstruktiv
-joylashish
(kompnovka) va texnologik yechimlarining grafik materiallari (chizmalari)dir;
- inshoot
qurilishi texnik imkoniyatlari, konkret tabiiy muhitda
bajariladigan ishlarning ishonchliligi va xavfsizligini asoslovchi hisob
- tushuntirish
matni;
Do'stlaringiz bilan baham: