82
raqobatchilarnikidan nimasi bilan farq qilishi va nima uchun iste’molchilar aynan
shu tovarni sotib olishni istayotganliklari ko’rsatiladi. Taqrizda kelgusida amalga
oshiriladigan ishlardan qanday asosiy moliyaviy natijalar: sotiladigan tovarlarning
hajmini
bashorat qilish, olinadigan foyda, ishlab chiqarishga sarflanadigan
mablag’lar, umumiy daromad va foyda olishning
darajasi hamda rentabellik,
shuningdek, bankdan olingan kreditni qaytarish muddati va shu kabilar beriladi.
Tovarlar (ishlar va xizmatlar) turi – mavjud bo’lgan, ya’ni oldindan
ishlab chiqarilayotgan va yangi tovarlar nomenklaturasi, ko’satiladigan
ishlar va
xizmatlar, ishlarni ishlab chiqarish texnologiyasining ustunligi nimadan iborat
ekanligi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtiradi. Agar bu qurilish
yoki loyihalash – ilmiy tekshirish tashkilotiga tegishli bo’lsa,
u holda bu qurilish
yoki loyihalash – ilmiy tekshirish tashkiloti qanday salohiyatga ega ekanligi
e’tiborga olinadi.
Savdo-sotiq bozorlari – savdo
-sotiq bilan shug’ullanayotgan
mavjud
bozorlarni tahlil qilish, ta’sir o’tkazish doirasini kengaytirish bo’yicha takliflar
keltiriladi. Iste’molchilarni,
ularning talab-ehtiyojlarini aniqlash va ularga
mahsulotlarni qanday qilib yetkazish eng muhim omillar bo’lib hisoblanadi.
Buyurtmachini yaxshi tushunmasdan turib, mahsulotlar, ishlar va ko’rsatilayotgan
xizmatlarning kuchli va zaif tomonlarini baholash ancha qiyin bo’ladi.
Savdo-sotiq bozoridagi raqobat – kon’yunktura,
raqobatchilar, ularning
strategiyasi va qurilish mahsulotlari bozoridagi taktikasi, tashkilotlar soni, qurilish
– montaj va boshqa ishlarni bajarish bo’yicha ko’rsatiladigan xizmatlar haqidagi
ma’lumotlar tahlilini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: