O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
Moliyalashtirish strategiyasi – quyidagi ma’lumotlar: loyihani amalga
oshirish uchun qancha mablag’ kerak bo’ladi, kreditni qaerdan va qanday shaklda olish mumkin, kreditning shartlari, sarflangan mablag’lar qanday muddatda qoplanishi mumkinligini o’zida mujassamlaydi. Ishlab chiqilgan biznes – reja natijalari asosida buyurtmachi bo’lajak qurilish ob’ektining berilgan rayonda qurilishi ko’zda tutilayotganligi to’g’risidagi arznoma bilan mahalliy hokimiyat organlariga murojaat qiladi. Qurilishi ko’zda tutilayotgan ishlab chiqarish ob’ektlari to’g’risidagi arznomada korxona to’g’risidagi texnik va texnologik ma’lumotlar, ishchilar va xizmatchilarning taqribiy soni, korxonaning 84 xom ashyo va materiallar, energiya resurslari, suv, yer resurslariga bo’lgan taxminiy ehtiyoji, korxonaning atrof-muhit va ekologik vaziyatga ko’rsatadigan ehtimoliy ta’siri to’g’risidagi tushunchalar, ishchi-xizmatchilar hamda ularning oilalari, ularni turar-joy, madaniy va maishiy xizmatlar ko’rsatadigan ob’ektlar bilan ta’minlay olishi to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Qurilishi ko’zda tutilayotgan ob’ekt to’g’risidagi arznoma moliyalashtirish manbalari va tayyor mahsulotdan foydalanishga oid ma’lumotlarni ham o’zida mujassam etadi. Qurilishi ko’zda tutilayotgan ob’ekt to’g’risidagi arznoma to’g’risida ijobiy xulosa olingandan so’ng buyurtmachi qurilishga ajratiladigan investitsiyalarni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslashni ishlab chiqishga kirishadi. Investitsiyalarni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash xo’jalikning zarur ekanligi, investitsiyalarning texnik imkoniyatlari, tijorat, iqtisodiy va ijtimoiy nuqtai-nazardan maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qilish maqsadida olib boriladi. Qurilish investitsiyalari texnik-iqtisodiy asosi (TIA) muhim hujjat hisoblanadi, uning asosida qurilishi ko’zda tutilayotgan ob’ektni qurish va texnik loyihani ishlab chiqish uchun printsipial qarorlar qabul qilinadi. Investitsiyalar TIAni ishlab chiqishda marketing, talab va ehtiyojga oid bo’lgan savollar bo’yicha narx, inflyatsiya, ishbilarmonlik faolligini hisobga olgan holda ancha chuqur izlanishlar olib boriladi, shuningdek, bozor kon’yunkturasini oldindan tahlil va bashorat qilish asosida mahsulotlarni sotish siyosati ancha puxta asoslab beriladi, mahsulotlar savdo-sotig’ini rag’batlantirish bo’yicha chora – tadbirlar ishlab chiqiladi, tashqi bozor uchun ham shu xuddi shunday ishlar amalga oshiriladi va h.k. Shu bilan bir qatorda, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlar texnologiyasi ham ancha chuqur asoslab beriladi, bo’lajak korxonaning resurslar bilan ta’minlanishi yuqori darajadagi puxtalik bilan tahlil qilinadi. Investitsiyalar TIA tarkibiga qurilish ob’ektining joylashish o’rnini asoslashga doir ma’lumotlar: transport kommunikatsiyalari, injenerlik tarmoqlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura ob’ektlari, mahsulotlarni sotish bozorining mavjudligi kiradi. Bu bo’lim hajmiy - rejaviy va konstruktiv savollar bo’yicha printsipial yechimlar: qurilishning muddati va ketma-ketligi, qurilishni 85 tashkil etish hamda uning texnologiyasi bo’yicha umumiy holatlar, energiya gaz ta’minoti yechimlarini o’z ichiga oladi. Atrofdagi tabiiy muhitga ko’rsatiladigan ta’sir xarakteri baholanadi, mehnat va moddiy-texnik resurslarga bo’lgan ehtiyojlar, asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar va investitsiyalarning smaradorligi aniqlanadi, buyurtmachi tomonidan mamlakatda va xorijda qurilgan ob’ektlarning ularga o’xshash bo’lgan ob’ektlarga nisbatan texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari qiyoslangan holda tahlil qilinadi. Investitsiyalar TIAni ishlab chiqishda, qoidaga ko’ra, qurilish ob’ektining bir nechta variantlari ko’rib chiqiladi. Har bir variant bo’yicha narxning eng yirik ko’rsatkichlari bo’yicha kapital mablag’lar hajmi (K), mahsulotning tannarxi (T), solmishtirma kapital mablag’lar, xom – ashyolar, yoqilg’i, elektroenergiyaning solishtirma sarfi, ishlayotgan ishchi – xodimlarning soni, mehnat unumdorligi aniqlanadi. Investitsiyalar TIA bo’limlarining nomlari biznes-reja bo’limlarining nomlariga yetarli darajada yaqin bo’ladi, lekin ular mazmun-mohiyati bo’yicha iqtisodiy jihatdan chuqur ishlanishi singari, injenerlik yechimlari bo’yicha ham biznes – reja bo’limlaridan farq qiladi. Agar biznes-reja investitsiyalar TIA ishlab chiqilgandan keyin ishlab chiqilgan vaziyatlarda investitsiyalar TIA materiallari biznes-rejani ishlab chiqish uchun xizmat qiladi. Biznes-reja bunday holatda korxonaning pul to’lay olish qodirligi va moliyaviy ustuvorligini tasdiqlash maqsadida shakllantiriladi. Investitsiyalar TIA davlat ekspertiza xulosalari va ob’ekt quriladigan joyning ijro hokimiyati organi tomonidan kelishilganligi to’g’risidagi qaror asosida tasdiqlanadi. Ob’ektning joylashish o’rnini tanlash qurilish uchun maydon tanlash dalolatnomasi orqali rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi. Tasdiqlangan investitsiyalar TIA va maydon tanlash dalolatnomasi loyihalashning keyingi bosqichi – loyiha (texnik loyiha)ga o’tish imkonini beradi. Texnik topshiriqning ishlab chiqilishi va uning loyihalashtirishga taqdim etilishidan keyin loyihani ishlab chiqishga kirishiladi. Texnik topshiriqning loyihalashtirishga berilishi buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Lekin 86 buyutmachi topshiriqni tuzish uchun yetarlicha saviyaga ega emasligi tufayli uni tuzish uchun loyihalash yoki injiniring firmasini jalb etadi. Texnik topshiriq loyilash ishlari uchun tuzilgan har qanday shartnoma (kontrakt)ning ajralmas qismi deb hisoblanadi. Sanoat ob’ektini loyihalash uchun taqdim etilgan topshiriq qurilish rayoni, punkti va maydoni, mahsulotning tavsifi, uning nomenklaturasi va ishlab chiqarish quvvati, texnologik jarayonlar va jihozlarga asoslangan ixtisoslashtirish va koopiratsiyalash, xom – ashyolar, suv, yoqilg’i, gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan manbalar, oqava suvlarni tozalash va oqizib yuborish sharoitlari, tayyor mahsulotlarni iste’mol qiladigan rayonlar, qurilish mudduti va quvvatlarni ishga tushirish ketma – ketligi, kapital mablag’larning taxminiy miqdori, yashash – fuqaro qurilishining hajmi va uni joylashtirish to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. O’rnatilgan amaliyotga ko’ra texnik loyihani ishlab chiqishga qadar bajarilgan loyihalash, qidiruv va tekshirish ishlarini loyihalash oldi bosqichi deb hisoblash qabul qilingan. Loyihalashning bevosita bosqichi texnik loyihani ishlab chiqish bilan boshlanadi. Loyihalashga topshiriqni tayyorlashda qurilish uchun maydonni tanlash loyiha buyurtmachisi, loyihalash tashkiloti, pudratchi qurilish tashkiloti, mahalliy hokimiyat organlari, sanitariya - epidemiologiya xizmati, davlat yong’in xavfsizligi nazorati, davshahartexnazorat, suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish organlari, temir yo’l, aloqa, energetika, fuqaro mudofa boshqarmalarining vakillaridan tashkil topgan komissiya tomonidan olib boriladi. Qurilish maydoni uchun qishloq xo’jaligi maqsadlarida foydalanishga yaroqsiz bo’lgan va aholi punktlari, suv ta’minoti, energiya ta’minoti manbalariga yaqin bo’lgan yer uchastkalarini tanlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Maydon sanitariya talablarini qondirmog’i lozim. Komissiya maydonni tanlash to’g’risidagi dalolatnomani tuzadi, ushbu dalolatnoma ko’zda tutilayotgan loyihaviy yechimlar hamda korxonani injenerlik 87 tarmoqlari va kommunikatsiyalariga ulash to’g’risidagi kelishuvning asosiy hujjati deb hisoblaniladi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling