O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


- qurilish tannarxini aniqlaydigan hamda moliyaviy xarajatlar, moddiy-


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

- qurilish tannarxini aniqlaydigan hamda moliyaviy xarajatlar, moddiy
texnikaviy va mehnat resurslarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini 
asoslab beradigan iqtisodiy-smeta qismi. 
Qurilish ob’ektining iqtisodiy samaradorligi, uning hayotiy davrini 
tavsiflovchi va funktsiyaviy davomiyligi, chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi, 
ekspluatatsiya va mehnat sharoitlari ahamiyatli tarzda loyihaviy yechimlarning 
darajasiga, ya’ni bir so’z bilan aytganda, loyihaning qanday darajada 
tayyorlanganligiga bog’liq bo’ladi. 
Har qanday ob’ektni loyihalash odatda bir nechta bosqichlarda amalga 
oshiriladi. Loyihalashning birinchi bosqichida g’oya paydo bo’lgandan so’ng 
investitsiyalash maqsadlari: ob’ektning qanday vazifa bajarishga mo’ljallanishi, 
uning quvvati, ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomentklaturasi, joylashish o’rni 
aniqlanadi. 


78 
Investitsiyalash imkoniyatlari 
va 
kutilayotgan 
texnik 
– iqtisodiy 
ko’rsatkichlarga erishishni baholash olib boriladi. 
Birinchi bosqichda bajarilgan izlanishlar (ilmiy-tadqiqot ishlari) va ishlar 
asosida buyurtmachi (investor) g’oyalarni amalga oshirish bo’yicha ishlarni davom 
ettirish yoki ularni to’xtatish bo’yicha qaror qabul qiladi. Ijobiy qaror qabul 
qilingan taqdirda buyurtmachi qurilishi mumkin bo’lgan ob’ektning berilgan 
rayonda qurilishi kutilayotganligi to’g’risidagi ob’ektni joylashtirish bo’yicha 
oldindan kelishishni iltimos qilish tariqasidagi ariza bilan mahalliy hokimiyat 
organlariga murojaat qiladi. Mahalliy hokimiyat organlaridan ijobiy javob 
olingandan keyin buyurtmachi ikkinchi bosqich ishlari – ob’ekt qurilishi 
investitsiyasining texnik – iqtisodiy asosini ishlab chiqishga kirishadi. Bu 
bosqichda zarur bo’lgan injenerlik qidiruvlar olib borish bilan injenerlik ayniqsa 
iqtisodiy va smeta – moliya savollari ancha chuqur o’rganiladi. Investitsiyalarni 
texnik – iqtisodiy asoslash natijalari bo’yicha qurilishning maqsadga muvofiqligi 
va loyihalashni – texnik loyihani (loyihani) ishlab chiqish to’g’risida qaror qabul 
qilinadi. 
Loyihalash 
jarayoni 
davomiyligi 
loyihalashdan 
boshlab 
qurilish 
boshlanishiga qadar o’rta va nisbatan katta ob’ektlar bo’yicha 5 yildan 10 yilgacha 
davom etishi mumkin; alohida murakkab va yirik ob’ektlar bo’yicha loyihalash – 
ilmiy–tadqiqot ishlarining davomiyligi undan ham ko’p bo’lishi mumkin. Bunday 
muddatda vaziyat loyihani ishlab chiqishning boshida qabul qilingan o’sha 
paytdagi fan va texnikaning oxirgi yutug’lariga asoslangan injenerlik 
yechimlarning ob’ektni foydalanishga tushirish vaqtiga kelib shunchaki eskirib 
qolishiga olib keladi. Shu tufayli sanoat korxonalarining loyihalarida fan va 
texnikaning eng yangi yutug’lari, ishlab chiqarishning ilg’or texnologiyasi, eng 
yangi yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga ega bo’lgan vositalar (jihozlar)dan, 
qurilmalar, 
agregatlar, 
ishlarni 
kompleksli 
mexanizatsiyalash 
va 
avtomatlashtirishdan to’liq foydalanish, resurslarning barcha turlaridan va chiqindi 
chiqarmaydigan texnologiyalardan oqilona foydalanishni ko’zda tutish taqoza 
etiladi. Shahar va qishloqlarda quriladigan yangi fuqaro – yashash ob’ektlarini 


79 
loyihalashda yashash uchun barcha qulayliklarni yaratish va aholiga maksimal 
xizmat ko’rsatishni ko’zda tutish talab etiladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 
ishlab chiqaradigan korxonalarni loyihalashda sanoat asosidagi ishlab chiqarishni 
tashkil etish, tez bo’ziladigan mahsulotlar (sabzavotlar, mevalar)ni qayta ishlashga 
asoslangan yirik mexanizatsiyalashgan, ixtisoslashgan komplekslarni yaratish 
vazifasi asosiy maqsadlardan biri sifatida namoyon bo’ladi. 
Sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari, turar joy, jamoat va fuqaro binolari 
loyihalarida ularning tashqi qiyofasiga katta e’tibor qaratiladi, chunki yangi 
ob’ektni joylashtirish bilan nafaqat iqtisodiy samara olinishi, balki ijtimoiy va 
shaharsozlik bo’yicha ham samara olinishi lozim. Yerdan oqilona foydalanish va 
atrof-muhitni muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratiladi. 
Loyihaning sifati nafaqat ilg’or texnik yechimlar bilan, balki smeta 
hujjatlarining to’g’ri bajarilganligi bilan ham aniqlanadi. Loyihalanayotgan ob’ekt 
texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlarini va qurilishni rejalashtirish hamda 
moliyalashtirish, qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish, qurilish – montaj 
tashkilotlarida iqtisodiy ishlarni olib borish va ular ishini nazorat qilish uchun 
qurilishining maqsadga muvofiqligini aniqlashda smetadan foydalaniladi. 
Qurilishda ishlab chiqarishning borishi va qurilish iqtisodiy samaradorligi ko’p 
jihatdan quriladigan ob’ektlarning smetali narxini to’g’ri aniqlashga bog’liq 
bo’ladi. 
Loyihalar texnik darajasi bilan qurilish-montaj tashkilotlarida mehnat 
unumdorligi o’sishining jadalligi hamda materiallar va konstruktsiyalar ishlab 
chiqaradigan sanoat korxonalarining ish samaradorligi shart-sharoitlanadi. 
Loyihalarda binolarning maksimal darajadagi ixchamligi va unifikatsiyasi 
ko’zda tutilmog’i lozim, lekin bunda ularning arxitekturaviy mazmuniga zarar 
yetmasiligi, 
mavjud 
mexanizatsiya 
vositalarini 
hisobga 
olgan 
holda 
konstruktsiyalarni yiriklashtirish, loyihaviy yechimlarning texnologikligiga, yuqori 
ish 
unumdorligiga 
ega 
bo’lgan texnikalardan foydalanishga to’sqinlik 
bo’lmasligiga e’tibo qaratilishi talab etiladi. Loyihalarda qurilish ishlab 
chiqarishini tashkil etish va rejalashtirish uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlar 


80 
(ishlarning hajmlari, materiallar, konstruktsiyalar, mashinalar, mehnat rusurslari, 
transport vositalariga bo’lgan ehtiyoj to’g’risidagi ma’lumotlar) aks ettirilmog’i 
taqoza etiladi. Loyihada buyumlar, detallar va konstruktsiyalar ishlab chiqaruvchi 
korxonalarning manfaatlarini ham hisobga olish lozimdir. Qo’llaniladigan yig’ma 
elementlarning tipli o’lchamlari va markalari loyihalarda minimal beriladi. Bu esa 
zavodlarda oqimli liniyalarni o’zgartirishning oldini oladi. Shunday qilib
loyihalashtirish texnikaviy taraqqiyotning yuksalishi bilan birgalikda rivojlanadi. 
Loyihalar katta hajmdagi izlanishlar, grafik va hisoblash materiallariga ega 
bo’ladi. Loyihalashtirish jarayonida, ayniqsa yirik va murakkab ob’ektlarni 
loyihalash bo’yicha modelli izlanishlar, ko’p sonli kelishuvlar, ekspertiza olib 
boriladi va tugallangan texnik hujjatlar tasdiqlanadi. 
Bu bosqichlarning barchasi albatta ko’p mehnat va vaqt talab qiladi, shu 
sababli loyihalash va ilmiy izlanish ishlari qurilish ishlab chiqarilishi ishlaridan 
ancha avvalroq olib borilmog’i kerak. Faqat shunday bo’lgandagina qurilish 
dasturining zaruriy va sifatli texnik hujjatlarini o’z vaqtida ta’minlash mumkin. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling