O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Loyihalash bosqichlari va loyiha hujjatlarining tarkibi


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

 
6.2. Loyihalash bosqichlari va loyiha hujjatlarining tarkibi 
Yirik murakkab sanoat ob’ektlari va komplekslari bo’yicha loyiha -ilmiy 
izlanish ishlari odatda yettita xarakterli bosqichlarda olib boriladi:
- muammoli izlanishlar yoki mavjud bo’lgan muammolar yechimini topish 
bo’yicha olib boriladigan izlanishlar; 
- biznes-rejani ishlab chiqish; 
- investitsiyalarni texnik - iqtisodiy asoslash; 
- qurilish uchun qurilish maydonini tanlash va tasdiqlash; 
- loyihalash uchun topshiriqni ishlab chiqish va uni loyihalashga taqdim 
etish; 
- muhandislik-qidiruv va izlanishlarni olib borish; 
- loyihalashtirish. 


81 
Loyihalash-ilmiy izlanishlarni bajarishga buyurtmachi albatta, qoidaga ko’ra, 
ixtisoslashgan loyihalash-ilmiy tekshirish firmalarini jalb qiladi. Ixtisoslashgan 
loyihalash-ilmiy tekshirish firmalarini tanlash va ularni tanlov savdolari e’lonini 
tarqatish orqali amalga oshiriladi. 
Muammoli izlanishlarfaqat yirik va murakkab ob’ektlarni loyihalashda 
olib boriladi va ular biznes-rejani ishlab chiqish hamda investitsiyalarni texnik-
iqtisodiy asoslash uchun zarur bo’lan boshlang’ich ma’lumotlarni olishga 
yo’naltiriladi. 
Biznes-reja – qurilish ob’ektining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini 
asoslab beradigan hujjat, shuningdek, bu hujjat tadbirkorlik faoliyati sferasida 
ishtirok etishning maqsadga muvofiq ekanligini baholashda ham ishlab chiqiladi. 
SHular bilan bir qatorda bu hujjat nima ishlab chiqarish kerak, ishlab 
chiqariladigan tovarning raqobatbardoshligi qanday qilib oshiriladi, qanday 
kreditlar zarur bo’ladi va ularni qachon olish kerak hamda ularni qaytarishning 
imkoni bormi, tovar ishlab chiqarishni ilgari surish uchun qanday sheriklar kerak 
bo’ladi va shu kabi savollarga beriladigan javoblarni o’z ichiga oladi. Biznes-reja 
qurilish ob’ekti iqtisodiy samaradorligi – o’zini oqlash muddati, olinadigan 
daromadning miqdori, korxona mahsulotlarini sotish yo’llari to’g’risidagi 
tasavvurlarni ham beradi. 
Biznes-reja bozor, uning sig’imi, muhitning raqobatlilik darajasi, narxlarning 
dinamikasini o’rganish natijalarini o’z ichiga oladi va bo’lajak buyurtmachilar 
hamda investorlar bilan muzokaralar olib borishda asos bo’lib xizmat qiladi. U 
quriladigan ob’ektning raqobatli muhit sharoitlarida hayotiyligini aniqlash 
imkonini beradi, ishlab chiqarishning qanday qilib rivojlana olishiga oid 
tavsiyalarni o’zida mujassam etadi, tashqi investorlardan moliyaviy yordam olish 
uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
Biznes-reja odatda quyidagi bo’limlardan tashkil topadi: 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling