O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Xoldinglar va moliya-sanoat guruhlari tarkibiga
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
5.5. Xoldinglar va moliya-sanoat guruhlari tarkibiga
kiradigan qurilish tashkilotlari Ishlab chiqarishni tashkil etish va mahsulotlarni ayriboshlash hamda zamonaviy bozor munosabatlari sharoitlarida xizmatlar ko’rsatish asosida o’rta va kichik biznesning yirik tashkiliy-xo’jalik tuzilmalari yuzaga keladi. Kichik va o’rta tuzilmalar mamlakat iqtisodiyotida raqobatbardosh muhitni yaratadi, ishlab chiqarishning egiluvchanligi, mobilligi va samardorligini ta’minlaydi hamda ilmiy-texnik yutuqlarga erishishni va ulardan unumli foydalanishni yo’lga qo’yadi. Yirik tashkiliy tuzilmalar faoliyatning alohida sohalari, alohida regionlari va umuman mamlakat miqyosida ishlab chiqarishda moliyalashtirishni tartiblash bo’yicha tizimlarni shakllantirishga imkon yaratadi. Ular bu ishni mustaqil ravishda olib borishlari va uning amalga oshirilishini davlat tomonidan shart – sharoitlashi mumkin. Amaliyot tasdiqlaydiki, ustuvor tarmoqlar qatorida moddiy, moliyaviy, ishchi kuchi resurslarining katta hajmini kontsentratsiyalaydigan yirik xo’jaliklarning yaratilishini texnologiyaning o’zi iqtisodiy jihatdan qulay qilib 71 qo’yadi. Bunday tarmoqlarga quyidagilar tegishlidir: metallurgiya, energetika, temir yo’l transporti, aloqa, qurilish va boshqa bir qancha tarmoqlar. Xorij amaliyoti shundan guvohlik beradiki, boshqaruvning yirik va kichik tashkiliy tuzilmalari uyg’unlashuvi noma’lum (aniq bo’lmagan) vaziyatlarda tizimlar ishlash qobiliyatini qo’llab-quvvatlash imkonini beradi va boshqa xo’jalik sub’ektlari bonkrotlashuvi bilan bu tizimlarning foyda oluvchilar qatorida saqlanib qolishiga zamin yaratadi. Mustaqillikka erishgunga qadar mamlakat amaliyotida sekin o’zgarishga qaratilgan texnika va texnologiyalardan, raqobatsiz ishlab chiqarishga ega bo’lgan tizimdan, boshqarishning asta-sekin o’zgaruvchan shakl va uslublariga asoslangan holda tarkib topgan boshqaruv tuzilmalaridan foydalanib kelindi. Ishlab chiqarishni kontsentratsiyalash orqali tadbirkorlik guruhlari vujudga kelishiga zamin yaratiladi, bu guruhlarda boshqaruvning yirik, o’rta, kichik tuzilmalar o’rtasida egalik qilish huquqlari va kontraktli munosabatlar yo’lga qo’yiladi. Ularda moliyaviy nazorat o’rnatiladi va bir vaqtning o’zida ishlash uchun ancha imtiyozli sharoitlar yaratiladi. Bu esa ishlab chiqarishda uchrab turadigan to’xtab qolishlar yoki sustkashliklarni qisqartirishga olib keladi. Hozirgi vaqtda ahamiyatli tarzdagi investitsion resurslarni kreditlarsiz kontsentratsiyalashning iloji yo’q (yoki kam ehtimolga ega). Buning natijasida sanoat tuzilmalarining tashqi moliyaviy manbalar va ssudali kapitallar bozoriga bog’liqligi doimiy ravishda o’sib boraveradi. Turli tuzilmalarlarni guruhlarga birlashtirish natijasida ko’p jihatlar bo’yicha yutug’larga erishish mumkin, qachonki, agar bu birlashmada menejment yuqori darajaga ko’tarilgan bo’lsa. Ilmiy-ishlab chiqarish, moliyaviy va savdo-sotiq salohiyatlarining kontsentratsiya qilinishi xo’jalik birligi guruhiga kiradigan har bir a’zo tashkilot va korxona (yoki sub’ekt)ning ancha maqsadli yo’nalishda faoliyat yuritishiga imkon yaratadi. Shunday qilib, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning guruhlarga birlashishi quyida ko’rsatilgan qo’shimcha ustunliklarga erishishni ta’minlaydi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling