O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Qurilishda kombinatsiyalashtirish
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
5.4. Qurilishda kombinatsiyalashtirish Kombinatsiyalashtirish – bu bitta korxona doirasida turli ishlab chiqarishlarni texnologik va tashkiliy birlashtirishga asoslangan ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etish shaklidir. Kombinatsiyalashtirish ijtimoiy mehnatni oqilona tashkil etish va uni ilmiy-texnik jihatdan olg’a intiltirishning eng muhim shart-sharoiti deb hisoblanadi. Moddiy va mehnat zahiralaridan unumli foydalanish hamda ijtimoiy ishlab chiqarishni oqilona tashkil etish kombinatsiyalashning maqsadini ifodalab beradi. 68 Kombinatsiyalashning iqtisodiy samaradorligiga ishlab chiqarish va transport-maishiy xarajatlarga sarflanadigan joriy mablag’larni kamaytirish orqali erishiladi. Texnologiyalarni takomillashtirish, alohida bajariladigan oraliq operatsiyalarni tiklash, ixtisoslashgan ishlab chiqarishlar orqali birlashtiriladigan ishlab chiqarish tsiklini qisqartirish iqtisod qilishning manbalarini tashkil etadi. Kombinatsiyalash samaradorligi tegishli mahsulot turlarini ishlab chiqaradigan kombinatsiyalangan va kombinatsiyalashtirilmagan korxonalar faoliyati iqtisodiy ko’rsatkichlarini taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi. Har bir soha yoki tarmoqda amalga oshiriladigan kombinatsiyalash ishlab chiqarish jarayonlari xarakteri, xom-ashyo zahiralari, tarmoqning rivojlanganlik darajasi va boshqa shu kabi ko’rsatkichlar bilan shart – sharoitlanadigan tarmoqqa xos bo’lgan jihatlarga ega bo’ladi. Sanoatda bo’lgani singari, qurilishda ham kombinatsiyalshtirish ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning boshqa shakllari - kontsentratsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash bilan uyg’unlikda rivojlanadi va turli tashkiliy shakllarga ega bo’ladi. Qurilishda amalga oshiriladigan kombinatsiyalashning birinchi bosqichida kominatsiyalashtirishning shakli faqat noasosiy ishlab chiqarishga ya’ni masalan, qurilish uchun materiallarni karьerli ta’minlovchi va konstruktsiyalar, detallar yarimfabrikatlar va shu kabilarni ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradigan ishlab chiqarish korxonalari kombinatlariga tegishli edi. Biroq kombinatsiyalashning bunday shakli faqat tashkiliy xarakterga ega bo’lib, u texnologik jihatdan o’zaroaloqador bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish asosidagi korxonalarni birlashtirmaydi. Qora, rangli metallurgiya va ularning faoliyati ta’siridagi sanoatning boshqa tarmoqlari uchun korxonalar qurilishini amalga oshiradigan qurilish kombinatlari mavjudbo’lib, bunday qurilish kombinatlari ham texnologik jihatdan o’zaroaloqador (o’zaro bog’langan) korxonalarning kombinatsiyalashgan ishlab chiqarish funktsiyalarini to’liq bajara olmadi, ular qurilishni boshqarishning strukturali bug’inini namoyon etdi xolos. Qurilishda kombinatsiyalashning eng 69 ilg’or shakli sifatida 1959 yilda uy-joy qurilishida vujudga kelgan uy-joy qurilishi kombinatlari (UJQK) keng tarqaldi. UJQK ekspluatatsiyaga tayyor holda yakunlangan qurilish ma’sulotini yaratish bilan o’zaro bog’langan jarayonlarni birlashtiradi va amalga oshiradi hamda zavod sharoitlarida qurilish konstruktsiyalari va buyumlarini komplekt tayyorlaydi, ularni qurilish maydonlariga yetkazib beradi hamda ushbu konstruktsiyalar va buyumlarning montajini kombinatlarning o’zlari bajaradi, shuningdek, ular maxsus qurilish ishlari va alohida ishlarni ham o’zlari amalga oshiradilar. Bir vaqtning o’zida UJQK zarur bo’lgan vaziyatlarda boshqa tashkilotlar va korxonalar bilan kooperatsiyalashuvni amalga oshirgan. UJQK tarkibiga ilgari xo’jasizlik tufayli va tashkiliy jihatdan tashlab qo’yilgan tashkilotlar va korxonalarni kiritish, ob’ektlar qurilishi ishtirokchilarini biriktirish, ishlarning yakuniy natijalari va ob’ektlarning sifatli tiklanishi uchun kombinat kollektivining manfaatlarini va mas’uliyatini oshiradi. Tashkiliy jihatdan ustunlikka ega ekanligi bilan UJQK faoliyati texnik- iqtisodiy ko’rsatkichlari yirik panelli uylar qurilishini olib boradigan pudratli tashkilotlarning anologik ko’rsatkichlaridan ustun turadi. UJQK uchun yagona qurilish balansi xarakterli bo’lib, unda kombinatning qurilish bo’limlari sifatida - qurilish konstruktsiyalari, detallar, yarimfabrikatlar va materiallar ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki tsexlar ham o’z aksini topadi. SHunday strukturaga ega bo’lgan UJQK ancha ratsionaldir, chunki bunday holatda kombinat yagona qurulish-sanoat korxonasi sifatida maydonga chiqadi va uning faoliyati ko’p me’yorda foydalanishga tayyor bo’lgan ob’ektlar ko’rinishidagi yakuniy natijalarga erishishga qaratilgan bo’ladi. Shuningdek, UJQK koordinatsiya funktsiyalari va qurilish jarayonida ishtirok etishi bo’yicha ham turlarga bo’linadi. Ba’zi UJQKlar ko’p mavzeli (kvartalli) qurilishda subpudratchi sifatida bosh pudratchi tomonidan oldindan tayyorlangan poydevorlarga quriladigan ob’ektlarning yer usti qismini qurishda faqat umumqurilish ishlarini amalga oshirish bilan faoliyat yuritadi. Maxsus (sanitar-texnik, elektrmontaj va h.k.) 70 ishlarni bajarish uchun ular bunday vaziyatlarda subpudrat huquqiga asosan maxsus ishlarni bajarishga ixtisoslashtirilgan tegishli tashkilotlarni jalb qiladilar. Boshqa UJQKlar esa ob’ekt qurulishi uchun zarur bo’lgan ishlarning butun kompleksini va uni foydalanishga topshirish bo’yicha bosh pudratchi funktsiyasini o’z zimmasiga oladi va to’liq tsikldagi qurilishni hamda bino yer usti bo’yicha bajariladigan hamma umumqurilish va maxsus ishlarni amalga oshiradilar. Shaharning alohida kichik tuman(mikrorayon)lari yoki mavzelarining qurilishi bo’yicha bosh pudratchi sfatida chiqadigan UJQKlar ham mavjuddir. Bunday vaziyatlarda uy-joy qurilishi kombinati madaniy-maishiy vazifalarni bajarishga mo’ljallangan ob’ektlar, injenerlik tarmoqlari, yo’l qurilishi, hududlar ko’kalamzolashtirilishini kiritgan holda butun yashash kompleksini foydalanishga topshiradi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling