83
asosiy ishlab chiqarish jamg’armalari, tashkilot salohiyati to’g’risidagi
ma’lumotlar keltiriladi. Bosh vazifa – buyurtmachilarga o’zini salohiyatli qilib
ko’rsatish, ya’ni taklif etilayotgan ish hajmlarini tashkilot zarur bo’lgan
muddatlarda va talab etiladigan sifatda bajara olishga qodir ekanligini namoyon eta
bilish.
Tashkiliy reja – pudratli firma tashkiliy strukturasi va uning personali:
tarkibi, yoshi, ma’lumoti, ish tajribasi;
ishchi kuchi, moddiy sharoitlari, kadrlar
siyosati va shu kabi ma’lumotlarni o’z ichiga kiritadi. Agar so’z
qurilayotgan
ob’ekt, korxona haqida borayotgan bo’lsa, u holda ham xuddi shunday
ma’lumotlar keltiriladi.
Huquqiy ta’minlanganlik. Qurilish
-montaj va loyihalash firmalari uchun
ularning tuzilgan sanasi ko’rsatiladi, ro’yxatdan o’tganligi to’g’risida ma’lumotlar,
muassislik
hujjatlari, faoliyat yuritishni asoslovchi guvohnomaning raqami
(litsenziyaning nomeri), mulkchilik shakli, boshqa
tashkilotlar bilan ishlash
to’g’risidagi shartnomalar yoki taqrizlarning nusxalari keltiriladi.
Xavf-xatrga borish (tavakkal qilish) va sug’urtlashning baholanishida –
xavf-xatar darajasi va berilgan korxonada ishlab chiqarishga ishtirok etishining
maqsadga muvofiqligi aniqlanadi, qurilish ob’ektlari,
ishlarning bajarilishi va
xizmatlar ko’rsatilishini sug’urtalashga doir savollar ko’rib chiqladi.
Moliyaviy reja – bajarilgan ishlar hajmi, foyda, tannarx, daromadlar va
xarajatlar, pul mablag’larining aylanishi, moliyaviy muvozanatni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: