O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini baholash
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
6.3. Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini baholash
Loyihalash va muhandis-texnik jihatdan qurish jarayonida, tashkiliy- texnologik yoki xo’jalik ishlarini bajarishda qabul qilinadigan yechimlar ko’p variantlilik shart-sharoitlari asosida qabul qilinadi. Masalan, aynan bitta bino yoki inshootni qurishda turli konstruktiv-komponovkali yoki hajmiy-rejaviy yechimlar, boshqa materiallar, mexanizatsiyaning har xil vositalarini qo’llash orqali turli usullardan foydalanish mumkin. SHunga bog’liq ravishda quyidagi vazifa yuzaga chiqadi: ko’p variantlar ichidan eng maqbuli(optimal)ni tanlash lozim bo’ladi. Maqbul variant odatda ko’rilayotgan variantlarning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini taqqoslash, yangi loyiha ko’rsatkichlarini etalon yoki qurilgan inshoot ko’rsatkilariga solishtirish yo’li orqali tanlanadi. Shunday yechim yoki variant qabul qilinadiki, bunda bir xil ishonchlilik va bir xil xavfsizlikni 93 ta’minlaydigan variantalar ichidan ularni amalga oshirishda eng kam sarf-xarajatlar talab qiladigani tanlab olinadi. Har xil yechimlarga ega bo’lgan variantlarni taqqoslashda iqtisodiy samaradorlik mezoni sifatida shunday ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladiki, ular bir tomondan ekspluatatsiya va qurilish jarayonidagi ko’rsatkichlar, ikkinchi tomondan esa - asosiy va qo’shimcha ko’rsatkichlarni hisobga oladigan tizimlarga bo’linadi. Kapital mablag’lar hajmi (yoki solishtirma kapital mablag’lar), korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxi, qurilish-montaj ishlari tannarxi (yoki mahsulot birligiga sarflanadigan xarajat) asosiy ko’rsatkichlar sifatida ko’rib chiqiladi. Shuningdek, oxirgisiga, ya’ni qurilish-montaj ishlariga qurilish muddati ham tegishlidir. Qo’shimcha yoki xususiy ko’rsatkichlarga quyidagilar: solishtirma mehnat sig’imi, kapital mablag’lar umumiy hajmida qurilish-montaj ishlarining solishtirma salmog’i, hamjihatlanganlikni belgilovchi koeffitsient, qurilish montaj ishlarining 1 mln. so’mlik smeta mablag’iga sarflanadigan asosiy qurilish materiallari miqdori (tsement, metall va h.k.); qurilish koeffitsienti; injenerlik kommunikatsiyalari va yo’llar uzunliklari, vertikal rejalash bo’yicha yer ishlari, injenerlik kommunikatsiyalarini o’rnatish va yo’l qurilishi ishlari hajmi, uchastkani o’zlashtirish (keraksiz har xil qurilishlarni bo’zish, qurib qolgan va noqulay joylashgan daraxtlarni kesish, drenajlar kovlash va shu kabi ishlar)ga sarflanadigan xarajatlar, tiklanayotgan binoning massasi, bino maydoni va hajmidan oqilona foydalanilganlik darajasi, qurilayotgan korxonada mahsulotlar tayyorlashdagi mehnat sig’imi, zavod ichida haraktalanadigan transport vositalariga sarflanadigan xarajatlar, injenerlik kommunikatsiyalari va transport inshootlarining eksplutatsiyasi bo’yicha sarflanadigan xarajatlar, xom ashyo, yoqilg’i va energiyalarning solishtirma sarfi, tiklanayotgan bino va inshootning xizmat qilish muddati hamda qator qurilish va ekspluatatsion ko’rsatkichlar kiradi. 94 Solishtirma mehnat sig’imi, ya’ni qurilish - montaj ishlarining 1 ming so’mlik smeta sarfi (k T ) yoki ob’ektning birlik hajmiga sarflanadigan mablag’ (K 1 t ). Solishtirma mehnat sig’imi k T va k 1 t quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi (6.1) va (6.2) bu yerda: S qmi – ob’ektni qurishda bajariladigan qurilish – montaj ishlarining smetaviy narxi, ming so’mda; V – qurilayotgan ob’ekt hajmi, m 3 ; T Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling