O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11. “Investitsiyalar samaradorligi” bo’limida
- Texnik loyiha
10. “Smeta hujjatlari” bo’limi qurilish tannarxining jamlangan smeta
hisoblarini, zarur bo’lgan hollarda sarf-xarajatlar jamlanmasini, ob’ekt va lokal smeta hisoblari, alohida turdagi sarf-xarajatlar va shu bilan birgalikda tadqiqot ishlari hamda loyihalash ishlari bahosini ham o’zida mujassam etadi. Smeta hujjatlarida qurilishning smeta narxini ikkita narx bo’yicha: bazis va oldindan (yoki bashoratli) baholash tavsiya etiladi. Bazis va bashoratli narxlar asosida buyurtmachilar va pudratchilar qurilish mahsulotlariga qo’yiladigan jamlanma (shartnomali) narxlarni shakllantiradilar. 11. “Investitsiyalar samaradorligi” bo’limida investitsiyalarni asoslash vaqtida o’rnatilgan kapital mablag’lar samaradoligini baholash aniqlanadi. Loyiha (texnik loyiha)da, qoidaga ko’ra, qurilishni bajarishga jalb qilish va uni amalga oshirish bo’yicha savdolashish e’loni uchun tenderli hujjat ishlab chiqiladi. Texnik loyiha, qoidaga ko’ra, ekspertizadan o’tkaziladi. Aksariyat hollarda buyurtmachi yirik va murakkab ob’ektlarni ekspertizadan o’tkazish uchun tender e’lon qiladi. Ekspertiza jarayonida ishlab chiqilgan loyihaning loyihalash uchun taqdim etilgan texnik topshiriqqa muvofiq kelishi tekshiriladi, ilg’or taraqqiyot natijalaridan foydalanganlik darajasi va loyihaviy yechimlarning yangligi tahlil qilinadi, kapital mablag’lar iqtisodiy samaradorligining to’g’ri baholanganligi tekshiriladi, qabul qilingan loyihaviy yechimlar mamlakatdagi va xorijdagi eng yaxshi loyihalar bilan solishtiriladi. Inshootning xavfsizligi bilan bog’liq bo’lgan 91 masalalar yechimlariga alohida e’tibor qaratilishi taqoza etiladi. Ekspertiza yakunlangandan keyin ekspertiza xulosasi loyihalovchiga beriladi. Loyihachi ekspertlar tomonidan ko’rsatilgan kamchiliklarni o’rganib chiqqandan keyin buyurtmachi bilan birgalikda loyihani to’ldirish va unga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida qaror qabul qiladi. Undan so’ng loyiha tasdiqlanadi va buyurtmachi ob’ekt qurilishi uchun tender e’lon qilish haqida qaror qabul qiladi, shu asosda pudratchi qurilish tashkiloti aniqlanadi. Xalqaro amaliyot va amaldagi tavsiyalarga muvofiq ob’ekt qurilishiga tegishli bo’lgan ishchi hujjatlar buyurtmachi tomonidan ishlab chiqiladi yoki uning (buyurtmachining) qarori bilan ishchi hujjatlarning kontrakt asosida tuzilishi ixtisoslashgan loyiha – ilmiy tekshirish tashkilotlariga topshiriladi. Ishchi chizmalarni tuzishda texnik loyihadagi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni pasaytiradigan, ishchi-xizmatchilarning mehnat qilish sharoitlariga salbiy ta’sir ko’rsatadigan yechimlar yoki inshootning xavfsizlik darajasini pasaytiradigan yechimlarni qabul qilish taqiqlanadi. Ishchi chizmalar kelishuv, ekspertiza va tasdiqlashga topshirilmaydi. Ishchi chizmalar qurilayotgan korxona bosh injeneri yoki amaldagi korxona kapital qurilishi boshqarmasining bosh injeneri imzosi bilan to’g’ridan-to’g’ri ishlarni bajarishga tadbiq etiladi. Ishchi loyihalarni tuzish bosqichida qurilish tashkiloti odatda o’zining xusuiy kuchlari orqali ishlarni ishlab chiqarish loyihasini (IIL) ishlab chiqadi, unda ishlarni ishlab chiqarish metodlari va ob’ektni qurish uchun zarur bo’lgan resurslar aniqlanadi. Ishlarni ishlab chiqarish muddatlari moddiy-texnika resurslarining hajmi va ularning o’z vaqtida yetkazilib berilishiga bog’liq bo’ladi. Bu savollar ishlarni ishlab chiqarish va resurslarning ob’ektga yetkazilish grafigini tuzish vaqtida yechiladi. Qurilish maydonini zarur bo’lgan material resurslari bilan minimal ravishda ta’minlashdan kelib chiqqan holda qurilish materiallarini ob’ektga yetkazish grafigi tuziladi. Ob’ektning bosh qurilish rejasi ham ishlarni ishlab chiqarish va qurilayotgan ob’ektni resurslar bilan ta’minlash singari IILning muhim tarkibiy qismlaridan biri 92 deb hisoblanadi, unda qurilayotgan bino va inshoot oldindan mavjud bo’lgan doimiy va inventar binolarning joylashish o’rni ko’rsatiladi. Qurilishning bosh rejasi qurilish maydoni hududidan oqilona foydalanishni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish–maishiy xonalarining soni va ularni joylashtirish tartibi sanitariya me’yorlarini qoniqtirishi zarur va ishchilarning qurilish maydoni hududi bo’yicha ortiqcha yurishlariga yo’l qo’ymasligi lozim. Muhandislik kommunikatsiyalari trassalari va yo’llar minimal uzunlikka ega bo’lishi kerak. Qurilish mashinalarini shunday joylashtirish taqoza etiladiki (texnika xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda), bunda ishlab chiqarishni oqilona ishlangan texnologiya bilan ta’minlash talab etiladi. Loyihalash bir bosqichda olib borilayotganda texnik-ishchi loyiha formatida tasdiqlanadigan qism va ishchi chizmalar ajratilib ko’rsatiladi. Tasdiqlanadigan qismning kelishuvi va tasdiqdan o’tkazilish tartibi texnik loyihani kelishish hamda tasdiqlash protseduralariga o’xshash bo’ladi. Ishchi hujjatlar lokal smetalar, qurilish materiallariga bo’lgan ehtiyoj bayonnomalari, jihozlar xususiyatlari va ishlarni ishlab chiqarishga qo’yiladigan talablarni o’z ichiga oladi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling