O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Yarim o’tuvchan va o’tuvchan kanallar


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

Yarim o’tuvchan va o’tuvchan kanallar ichiga kommunikatsiyalarni 
birgalikda (qo’shma tarzda) yotqizish orqali muhandislik-kommunikatsiyalari 
tarmoqlari uzunligini qisqartirishga hamda ekspluatatsiya jarayonida sarflanadigan 
mablag’larni kamaytirishga erishish mumkin. 
Loyihalashtirishning ilg’or yo’nalishibu texnologik jarayon nuqtai-
nazaridan o’zaro bog’langan (hamda bog’lanmagan) bir nechta korxonalarni bir 
guruhga birlashtirishdir. Bunda sanoat tuguni(uzel) haqida so’z yuritilyapti. Sanoat 
tuguniga tegishli bo’lgan korxona turli vazirliklarga bo’ysunishi mumkin. 
Korxonalarni ta’mirlash, asbob-uskuna va quyish tsexlari, suv-kanalizatsiya, 
transport va energetika korxonalari, tibbiyot va maktabgacha tarbiya maussasalari 
hamda boshqalarni o’z ichiga olgan yagona xizmat ko’rsatish bazasida binolar 
bevosita bir-biriga yaqin joylashtiriladi. Sanoat tugunlarini qurish alohida 
korxonalarni qurishga qaraganda qurilish maydonini ancha qisqartirish imkonini 
beradi va ekspluatatsiya xarajatlarini 20 foizga kamaytiradi. 
Sanoat qurilishida binolar hajmini qisqartirish maqsadida ko’prikli kranlar 
o’rniga yer usti transporti qo’llaniladi, texnologik jihozlar ochiq holatda 
joylashtiriladi, madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish joylarining antresol va fermalar 
(qurilish konstruktsiyasi) orasidagi fazoviy kengliklarga joylashtirilishi loyihalash 
jarayonida ko’zda tutilishi taqoza etiladi. 
Umuman olganda ko’plab ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarish 
tsexlarida texnologik jihozlarni binolar tashqarisiga emas, balki ichkariga ochiq 


100 
holatda joylashtirish uchun imkoniyatlar mavjud bo’ladi yoki ularni joydagi usti 
yopiq joylarga joylashtirish talab etiladi. 
Texnologik o’rnatmalarni kimyo va metallurgiya, qurilish materiallari ishlab 
chiqarish sanoati hamda shu kabilarda yopiq va yarim yopiq holatda joylashtirish 
mumkin. Hozirgi vaqtda tashqarida joylashgan maydonlarga joylashtirish uchun 
zarur bo’lgan issiqlik izolyatsiyasiga ega bo’lgan yangi germetik jihozlarning 
namunalari ishlab chiqarilmoqda. Texnologik jihozlarni ochiq maydonlarga 
joylashtirishda qurilishga sarflanadigan mablag’lar 4 – 6 % ga qisqaradi. 
Konstruktsiyalarni yiriklashtirish va fazoviy konstruktsiyalarga o’tish orqali 
konstruktiv yechimlarni takomillashtirishga erishish mumkin. Temirbeton 
zavodlarida qoliplash metodini qo’llash orqali maqbul hajmdagi konstruktsiyalar 
tayyorlanadi. 
Zavodda 
tayyorlangan 
yassi 
elementlardan 
yig’ma-quyma 
konstruktsiyalar yaratiladi. Bunday konstruktsiyalarga hajmli sanitar-texnik 
kabinalar, lift shaxtalari, tonnellarning shaxtalari, kvartira bloklari, sanoat binolari 
yopilmasi metall bloklarini misol tariqasida keltirish mumkin. Qurilishda katta 
o’lchamli oraliq va tom yopish plitalari hamda devor panellarini qo’llash keng 
tarqalmoqda.
Loyihachilar 
bir 
nechta 
operatsiyalarni 
avtomatlashtirish 
bilan 
mexanizatsiyalashgan usulda yangi konstruktsiyalarni tayyorlash ustida ish olib 
borishmoqda. Temirbeton konstruktsiyalarda montaj uchun mo’ljallangan 
ilgaklarni boshqa moslamalar bilan almashtirish oldinga maqsad qilib qo’yilgan.
Loyiha yechimlari samaradorligini oshirish yo’nalishlaridan biri bu to’liq 
yig’ish asosida qurilishni rivojlantirishdan iboratdir. 
Loyihalarning iqtisodiy jihatdan samara keltirishini va sifatini yaxshilashga 
namunaviy (tipovoy) loyihalarni keng qo’llash, unifikatsiyalangan konstruktsiyalar 
va gabaritli sxemalardan foydalanish evaziga erishish mumkin. Qurilish-montaj 
ishlarining 80 % dan ortiqrog’i ob’ektlarda namunaviy(tipovoy) loyihalar bo’yicha 
bajariladi. Ayniqsa namunaviy(tipovoy) loyihalar turar joy binolarini tiklashda va 
qishloq qurilishida keng qo’llaniladi (95 % dan ortiqrog’i). Namunaviy loyihalar 
qo’llanishi loyihada ko’rsatilgan materiallar hajmini kamaytiradi, bu esa o’z 


101 
navbatida loyihalarni ishlab chiqish muddatini qisqartirish uchun shart-sharoit 
yaratadi, loyihalash va ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflanadigan mablag’larni 30–40 
% ga pasaytiradi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling