103
Pardozlash
materiallari.
Keyingi
yillarda
pardozlash
ishlarini
sanoatlashtirish sohasida shahdam qadamlar qo’yildi va sintetik materiallar
asosidagi o’ramli hamda plitali materiallar keng qo’llanilmoqda.
Plitalar va o’ramli materiallarning qurilishga tadbiq etilishi pardozlash ishlari
sifatini yaxshiladi va pardozlash ishlari xarakterini tubdan o’zgartirdi. Pollarni
qoplash,
devorlarni pardozlash, pardevorlar uchun bu materiallardan foydalanish
binolarni montaj qilish usullari va montajdan keyingi hamda pardozlash ishlari
orasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etdi.
O’sib borayotgan hajmga ega bo’lgan yig’ma konstruktsiyalarni
chiqarish
ko’plab qurilayotgan ob’ektlarda yig’ma qurilishga o’tish, mashinalar yordamida
bino va inshootlarni tayyor konstruktsiyalardan tiklash imkonini berdi. Qurilish
maydonlari asta-sekinlik bilan konveyerli
qurilish maydoniga aylanmoqda, ularda
zavodlarda yuqori darajada tayyorlangan yirik o’lchamli tugunlar va detallarning
montaj qilinishi orqali binolar va inshootlar tiklanadi. Texnologiya bo’yicha
qurilish yanada katta mavqedagi yirik sanoat korxonalari bilan uzviy bog’lanishga
ega bo’lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: