O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII BOB. QURILISH KORXONASI BOZOR IQTISODIYOTI SUB’EKTI SIFATIDA 7.1. Tadbirkorlik va korxona
Nazorat uchun savollar
1. Qurilishda loyihalashtirish maqsadi va vazifalari nimalardan iborat. 2. Investitsiyalarni texnik–iqtisodiy jihatdan asoslash deganda nimani tushunasiz. 3. Loyihalash bosqichlari va loyihalashtirish hujjatlarini mazmunini tushuntirib bering. 4. Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini baholash uslublarini ayting. 5. Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo’nalishlari nimalardan iborat. 6. Loyihalanayotgan ob’ektning iqtisodiy samaradorligiga nimalar ta’sir qiladi ? 104 7. Loyihalashtirishning ilg’or yo’nalishlarini ayting va ularga misollar keltiring. 8. Qurilish-montaj ishlarining mexanizatsiyalashganlik darajasi qanday aniqlanadi ? 9. Texnik loyiha qanday bo’limlardan tashkil topadi? 10. Solishtirma mehnat sig’imini aniqlash formulasini ayting. 105 VII BOB. QURILISH KORXONASI BOZOR IQTISODIYOTI SUB’EKTI SIFATIDA 7.1. Tadbirkorlik va korxona Mamlakatda bozor munosabatlari rivojlanayotgan bir sharoitda jamiyat oldida turgan masalalar ichida tadbirkorlik iqtisodiy faoliyatning faol shakli sifatida muhim o’rin egallaydi. Tadbirkorlik deganda shaxslar va korxonalarning o’zaro manfaatdorligiga yo’naltirilgan xarakatlari va mulkiy mas’ulligi asosida amalga oshiriladigan jismoniy va yuridik shaxslarning tashabbuskor mustaqil xo’jalik faoliyati tushuniladi. Tadbirkorlik muvofiqlashtirish, bozor va raqobat orqali rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish mexanizmlarini yaratadi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida aloqalar o’rnatadi. Tadbirkorlik faoliyati ijtimoiy omillar (o’z ahvolini yaxshilash bo’yicha izlanishlar olib borish) bilan ham ta’minlanadi. Tadbirkorlik faoliyati deganda ketma-ket yoki parallel ravishda amalga oshiriladigan kelishuvlar jamlanmasi tushuniladi, bu kelishuvlardan har biri puxta aniqlangan vaqt oraliqlari bilan chegaralanadi. O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 2-mayda qabul qilingan “Tadbirkolik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida” gi O’RQ-328-son qonunining 3-moddasida: “Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o’zi tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.” deb ta’kidlangan. 14 Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari (tadbirkorlik sub’ektlari) belgilangan artibda davlat ro’yxatidan o’tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir. 14 O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida” gi O’RQ-328-son qonuni. http://lex.uz/acts/2006789 106 Fuqarolar yuridik shaxslar tashkil etmasdan, davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtdan boshlab yakka tadbirkor sifatida tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin. Birlashgan hamkorlar tadbirkorlik sub’ektlari sifatida turli xo’jalik birlashmalari shaklida o’zlarining xususiy va qonuniy asosda to’plagan mulkidan foydalangan holatda maydonga chiqishlari mumkin. Tadbirkorning rasmiy maqomi jismoniy shaxsni yollangan mehnatsiz yakka tadbirkorlik ishtirokchisi sifatida yoki qonun orqali aniqlanadigan ramkada jalb qilingan yollanma mehnat bilan korxona sifatida yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin kuchga kiradi. Tadbirkorlik faoliyati sub’ekti quyidagi huquqlarga ega: - muassasa, korxona tuzish va qayta tashkil etish, shuningdek, korxona mulk egasi bilan shartnoma tuzish, bank muassasalarida hisob raqamlari ochish, hamma turdagi hisob, kredit va kassali operatsiyalarni amalga oshirish yo’li bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va yurgizish; - moliyaviy mablag’lar, intellektual mulk ob’ektlari, fuqarolar va yuridik shaxslar mulklari hamda alohida mulkiy huquqlarni shartnomali asosda jalb qilish va ulardan foydalanish; - ishlab chiqarish dasturini shakllantirish, yetkazib beruvchilar va o’z mahsuloti iste’molchilarini tanlash, mahsulotga narx qo’yishni mustaqil ravishda shakllantirish va amalga oshirish; - tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, valyuta operatsiyalarini olib borish; - korxonani boshqarish bo’yicha ma’muriy-tartiblash faoliyatini amalga oshirish; - korxona nomidan yoki amaldagi qonunlar va korxona ustaviga muvofiq ishchilarni yollash (ishga qabul qilish) va ishdan ozod etish; - qonunchilik, korxona shartnomasi va ustaviga muvofiq soliqlarni to’lagandan keyin va boshqa majburiy to’lovlarni amalga oshirgandan so’ng korxona tadbirkorlik faoliyati orqali erishilgan foyda o’stida erkin ish yuritish; 107 - davlat ijtimoiy ta’minot tizimlari, tibbiy va ijtimoiy sug’urta xizmatlaridan foydalanish; - tadbirkorlar ittifoqlari, assotsiatsiyalari va boshqa birlashmalarini tashkil etish; - qonunda belgilangan tartibda fuqarolar, yuridik shaxslar, boshqaruv organlari harakatlarini iqtisodiy sudda qayta ko’rish. Shu bilan birgalikda qonun bir vaqtning o’zida tadbirkorning burchlarini ham aniqlab beradi. Tadbirkorning burchlari: - O’zbekiston Respublikasi qonunlari va tadbirkor tomonidan tuzilgan shartnomalar, jumladan korxona mulk egasi bilan tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan burchlarni bajarish; - qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda yoki korxona nomidan fuqarolarni yollash bo’yicha ishchilar yoki tashkilotlar bilan mehnat shartnomalari tuzish; Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling