O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Turli qurilish korxonalarini shakllantirish va ular faoliyatining


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

7.2. Turli qurilish korxonalarini shakllantirish va ular faoliyatining 
asosiy jihatlari 
 
Qurilish korxonasi boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar singari ko’p 
jihatdan mustaqil ravishda o’z faoliyati maqsad va vazifalarini aniqlaydi va 
shakllantiradi, rivojlanish taktikasi va strategiyasini ishlab chiqadi, moliyaviy 
vositalarni qidiradi, mehnat jamoasini shakllantiradi, boshqarishning tashkiliy 
tuzilmasini yaratish, o’ziga qarashli tashkilotlar va bo’limlarning faoliyatini 
tartiblash, ijtimoiy kuchlanish holatini pasaytirishda ko’plab tashkiliy masalalarni 
hal etadi. 
Qurilish korxonasi, avvalom bor, tashkil etilayotgan vaqtda o’zi tanlagan 
tashkiliy-huquqiy shakl hamda joriy vaqt va kelgusi faoliyatini aniqlovchi konkret 
maqsad va vazifalari bilan tavsiflanadi. 
Qurilish tarmog’i korxonalari bozor iqtisodiyotining quyidagi printsiplaridan 
foydalanadi: tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, to’liq mustaqil xo’jalik yuritishi, 
xususiy mulk bo’yicha mulkchilikning turli shakllaridan foydalanish; erkin narxlar 
(davlat tomonidan alohida tartiblanadigan va nazorat qilinadigan narxlardan 
tashqari) bo’yicha ishlash; faoliyatning antimonopolligi; ichki bozorning ochiqligi 
(tashqi bozorlarga chiqishning erkinligi); xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi 
shartnomaviy shakllar. 
Xo’jalik yuritishning yangi sharoitlarida qurilish korxonalari strategiya va 
taktikasini tanlash quyidagi holatlar bilan xarakterlanadi: buyurtmachilarning 


110 
qurilish mahsuloti bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi; qurilish-montaj 
ishlari qimmatlashuvi va qurilish ob’ektlarini tiklash muddati cho’zilishiga olib 
keluvchi sabablar - qurilish materiallari, konstruktsiyalari, energiya, transport va 
boshqa xizmatlar narxlarining o’sishi. 
Qurilish korxonasi boshqarish strategiyasi ro’yxatga olingan korxonaning 
tashkiliy-huquqiy 
shakli 
va 
davlat 
tomonidan 
tartiblovchi 
qanday 
dastak(richag)larning unga ko’satadigan ta’siriga bog’liq bo’ladi. O’zbekistonda 
barcha korxonalar o’z faoliyati maqsadiga ko’ra tijorat va notijorat korxonalariga 
bo’linadi. Notijorat korxonalarining tijorat korxonalaridan farqi shundaki, tijorat 
korxonalarida foydani tarqatish uning asosiy maqsadi emas va foyda ishtirokchilar 
o’rtasida taqsimlanmaydi. Notijorat korxonalariga quyidagilar: turli jamg’armalar, 
kengashlar, jamoat va diniy tashkilotlar, iste’molchi kooperativlar kiradi (7.1. - 
rasm). 
Tijorat korxonalari 
Xo’jalik o’rtoqliklari va 
jamiyatlari 
Qurilish (ishlab chiqarish) 
korxonalari va tashkilotlari, kompaniya, 
korporatsiya 
To’liq o’rtoqlik xo’jaligi 
Davlat va munitsipal unitar 
korxonalar 
Ishonchga asoslangan o’rtoqlik 
xo’jaligi 
Mas’uliyatli cheklangan jamiyat 
Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat 
Aksiyadorlik jamiyati 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling