O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

Logistika – xom-ashyo va materiallarni ishlab chiqarish korxonasiga 
yekazish jarayonida tashish, joylashtirish va boshqa moddiy hamda nomoddiy 
operatsiyalar, zavod ichida xom-ashyo, materiallar, yarimfabrikatlarni qayta 
ishlash, tayyor mahsulotlarni iste’molchiga manfaatlar va talablarga muvofiq 


120 
yetkazib berish, shuningdek, tegishli axborotlarni uzatish, saqlash va qayta 
ishlashni rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarish haqidagi fandir. 
Bunda asosiy izlanish ob’ektlari quyidagilar bo’ladi: logistik ushlab 
qolishlar, axborot oqimi, logistik tizim, logistik funktsiya, logistik zanjir, logistik 
operatsiyalar, materiallar oqimi va boshqalar. Logistika qator o’zaro bog’langan 
bo’limlarni qamrab oladi, jumladan ta’minot logistikasi, ishlab chiqarish 
logistikasi, savdo-sotiq logistikasi, transport logistikasi va boshqalar. Logistik 
tizimlar doirasida qurilish materiallariga bo’lgan ehtiyojni bashorat qilish va 
zahiralar holatini nazorat qilish, buyurtmalarni yig’ish va qayta ishlash, logistik 
zanjirda material oqimi ketma-ketligi va bo’g’inlarini aniqlashni o’z tarkibiga 
kiritgan qator masalalar va ularning komplekslari yechiladi. 
Qurilish logistika tizimlarini logistik tizimlarning umumiy nazariyasi 
matnida ko’rib chiqish taqoza etiladi. 
Oqimlarning turlariga ko’ra logistik tizimlarni quyidagilarga ajratish 
mumkin: materiallar, moliyaviy, axborot oqimlari va mehnat resurslari oqimlari.
Materiallar oqimlari logistik tizimlari yoki boshqacha qilib aytganda 
materiallar logistik oqimlari qurilish tashkilotlari va korxonalar (firmalar) moddiy 
resurslarini sotib olishdan tortib to tayyor mahsulot (binolar va inshootlar)ni 
sotishgacha bo’lgan barcha harakatlarni birlashtiradi. 
Moliyaviy oqimlar logistik tizimi (yoki logistik moliyaviy tizim) ishlab 
chiqarish va qurilish mahsulotini sotish bilan bog’liq bo’lgan hamma moliyaviy 
oqimlar harakatlarini birlashtiradi. 
Axborotlar oqimlari logistik tizimlari (yoki axborotlar logistik tizimlari) 
qurilish firmasi oddiy ishlab chiqarish jarayonlarini qanday birlashtirsa, ushbu 
firma orqali amalga oshiriladigan kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini ham 
xuddi shunday birlashtiradi. 
Mehnat resurslari oqimlarining logistik tizimlari (yoki mehnatning logistik 
tizimlari) mehnat resurslarini qurilish firmasiga yo’naltirishning barcha xilma-
xilligini birlashtiradi. 


121 
Logistikalarni qurilish ishlab chiqarish tsikli stadiyalari bo’yicha 
differentsiyalash bilan quyidagi logistik tizimlarni ko’rib chiqish mumkin: 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling