O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
- tovar – xom-ashyo birjasi orqali; -
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
- tovar – xom-ashyo birjasi orqali;
- bevosita aloqada bo’lish (to’g’ridan-to’g’ri shartnoma tuzish orqali); - auksionlar, tanlovlar; - homiylik; - xususiy ishlab chiqarish va boshqalar. Moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlashning konkret shaklini qurilish tashkiloti ularning o’ziga xos jihatlari, ularni olishning davomiyligi (muddati), berilgan takliflar soni, hamda rusurlar sifati va narxi hamda boshqa omillardan kelib chiqqan holda tanlaydi. Qurilish ishlab chiqarishini resurslar bilan ta’minlash shaklini aniqlashda yetkazuvchining ishonchliligi hamda ishlab chiqarilayotgan konstruktsiyalar, buyumlar va boshqa materiallar raqobatbardoshlik darajasini aniqlash taqoza etiladi. Yetkazuvchilar bilan kontraktlar (shartnomalar) tuzishda ushbu shartnomalar (kontraktlar)da miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari, yetkazib berishning konkret shakllari, muddatlari, sanktsiyalari va boshqa talablarni aks ettirish zarurligini esda tutish taqoza etiladi. Moddiy-texnika ta’minoti bu tashkiliy aloqalar va shartnomalar asosida ishlab chiqarish mablag’larini yetkazuvchilar va iste’molchilar o’rtasida bevosita yoki vositachi orqali taqsimlash shaklidir. U ishlab chiqarish jamg’armalaridan foydalanish, qurilish-montaj ishlari ritmiyligi, tannarx, mehnat unumdorligi, qurilishning davomiyligiga va boshqa ko’rsatkichlarga bevosita ta’sir ko’rsatish bilan ahamiyatli tarzda ishlab chiqarishning natijaviyligini oldindan aniqlab beradi. 119 8.4. Qurilish moddiy-texnika ta’minotini tashkil etish tizimida logistika Qurilish majmuasi(kompleksi)ni yaxlit holatda hamda uning tashkil etuvchi komponentlarini ko’rib chiqish shunday xulosa chiqarish imkonini beradiki, unga ko’ra qurilishni o’zaro bog’langan va o’zaro bog’langan oqimlar jamlanmasini o’z tarkibiga kirituvchi tizimga kiritish mumkin. Bu oqimlarning asosiylariga quyidagilar kiradi: axborotlar, moddiy- texnika, moliya resurslari va boshqalar oqimlari kiradi. Ma’lumki, bino va inshootlar qurilishi muddatlarini qisqartirish, maqbul bo’lgan sarf-xarajatlar bilan ularning sifatlarini yaxshilash bo’yicha zaruriy natijalarga erishish uchun birinchi navbatda yuqorida ko’rastilgan va boshqa iqtisodiy oqimlarni maqbullashtirish va ratsionizatsiyalashtirish talab etiladi. Qurilish tashkilotlari hamda qurilish industriyasi korxonalarida xususiy va o’z maqsadlariga erishish yo’lida jalb etilgan resurslar harakatining o’zaro bog’langan hamda o’zaro shart-sharoitlangan jarayonlarini iqtisodiy oqimlar deb hisoblash mumkin. Qurilishni tizim sifatida birinchi navbatda qurilishni moddiy – texnika jihatdan ta’minlash deb qabul qilish joizdir. Har qanday bino va inshootni qurish uchun, avvalom bor, yetarli miqdorda qurilish materiallari, konstruktsiyalari va buyumlari, xom-ashyo hamda texnologik jihozlar zarur bo’ladi, ularning aniq miqdori qurilish-montaj ishlari loyihasida ko’rsatiladi. Qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish jarayoni bu resurslarning belgilangan hajmda, ko’rsatilgan muddatda va tegishli sifatda yetkazilib berilishini ko’zda tutadi. Vatanimiz va xorijdagi turli ishlab chiqarishlar bo’yicha to’plangan tajriba shunga o’xshash masalalarni yechishda logistikadan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqlaydi. Terminologik lug’atda logistikaning quyidagi ma’nosi ifodalangan. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling