O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
12.1-jadval
Qurilish korxonasining ishlab chiqarish diversifikatsiyasiga o’tishini asoslaydigan mezon ko’rsatkichlari tavsifi № Mezon ko’rsatkichlari nomi Diversifikatsiya o’tkazilgunga qadar (amaldagi) Diversifikatsiya o’tkazilgandan keyin (bashorat qilinadigan) 175 1. Buxgalteriya hisobi orqali aniqlanadigan (balansli) foyda miqdori (FK), ming so’m + + 2. Umumiy likvidlilik koeffitsient (K ul ) + + 3. Korxona aktivlari (mulki) ning narxi (A), ming so’m + + 4. Qo’shma aktivlar (mulklar) (R a ) rentabelligi, %. + + 5. Korxona ishchilarining o’rta ro’yxatli soni (S i ), kishi + + 6. Yuqori saviyali ishchilar soni (S yu.s.i. ), kishi + + 7. Ishchilarning o’rtacha oylik maoshi (OM i ), so’m + + 8. Yuqori saviyali ishchilar maoshi (OM yu.s ), so’m + + 9. Asosiy ishlab chiqarish jamg’armalari (fondlari) aktiv qismining jamg’arma qaytaruv- chanligi (J a ) + + 10. Diversifikatsiya o’tkazish uchun sarflanadigan mablag’lar (M d ), ming so’m - + Zikr etilgan ko’rsatkichlar korxona uchun o’zlarining ahamiyati bo’yicha bir birlaridan farq qiladi. Bunda ulardan hech biri aniqlovchi (etakchi) bo’la olmaydi ya’ni ko’rsatkichlardan birontasi masala yechimini diversifikatsiya o’tkazilishi foydasiga yoki uning inkor etilishini hal qila olmaydi. Olinadigan foyda miqdorini aniqlab beradigan ko’rsatkich (FK) eng muhim ko’rsatkichlardan biridir. Bu ko’rsatkich qurilish korxonasining moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalari to’g’risida xabar beradi. Yuqori malakali ishchi- xodimlarning soni o’zining ahamiyatiga ko’ra ikkinchi ko’rsatkich deb e’tirof etiladi (S yus ), chunki qurilish korxonasining uquvli ishchilari sonini saqlab qolish va ular sonini kupaytirish diversifikatsiyaning eng asosiy maqsadlaridan biridir. Ishchi- xodimlarning o’rta soni, ularning oylik-maoshlari, korxona asosiy ishlab chiqarish jamg’arma (fond) laridan unumli foydalanish kabi ko’rsatkichlar ham kam bo’lmagan nisbiy salmoqqa ega. Foyda miqdorlarini ifodalovchi ko’rsatkichlar ishlab chiqarish diversifikatsiyasi iqtisodiy samaradorligini belgilab bersa, yuqori 176 saviyali ishchi kuchidan foydalanish esa ko’p jihatlar bo’yicha korxonaning raqobatbardoshlik darajasini aniqlab beradi. Real bankrotlik xavfi ko’plab qurilish korxonalarini ular tomonidan olinadigan daromadlar sarflangan xarajatlarni kam foyda olish bilan yoki umuman foydaga ega bo’lmagan holda qoplaydigan sharoitlarda ishlashga majbur qiladi. SHunday qilib, ular mavjud holatdan chiqib ketishlari uchun oddiy tur (tip) dagi (moliyaviy vositalarni jalb qilmasdan) ishlab chiqarish diversifikatsiyasini o’tkaztshga majbur bo’ladilar. Ko’p sonli (massali) ishsizlik yuzaga kelgan paytda, ayniqsa regional miqyosda qurilish korxonalaridan ozod etilgan ishchilarga yangi ish o’rinlarini topish juda qiyindir, bu esa o’z navbatida jamiyat hayotida ijtimoiy kuchlanganlikni kuchaytiradi. Bularning hamasi qurilish korxonalari ishlab chiqarish diversifikatsiyasi jarayonining naqadar ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligidan darak beradi. Shunday qilib, diversifikatsiya variantlarini tavsiya etilayotgan mezon (kriteriya) ko’rsatkichlar bo’yicha solishtirish ishlab chiqarish diversifikatsiyasini amalga oshirish usulini tanlash haqida qat’iy qaror qabul qilishga shart-sharoit yaratadi, ya’ni qanday qilib mavjud bo’lgan ixtisoslashgan ishlab chiqarishdan kengaytirilgan ishlab chiqarishga o’tish yo’llarini ko’rsatib beradi. 1 2 3 5 Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling