O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

Nazorat uchun savollar 
 
1. Diversifikatsiya nima?
2. Iqtisodiy va ishlab chiqarish diversifikatsiyalarini tushuntirib bering.
3. Qurilish ishlab chiqarish diversifikatsiyasi mohiyatini tushuntiring.
4. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini amalga oshirish mezonlari


182 
nimalardan iborat? 
5. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini tashkil etish va o’tkazish
tartibini aytib bering.
6. Qurilish korxonasining ishlab chiqarish diversifikatsiyasiga o’tishini 
asoslaydigan mezon ko’rsatkichlarini ko’rsating.
7. Bozorni segmentlash deganda nimani tushunasiz?
8. Korxona bozorni segmentlashtirishda nimalarga e’tibor qaratadi? 
9. Har qanday diversifikatsiya loyihasi nechta bosqichdan iborat?
10. Qurilish korxonalari diversifikatsiya dasturini ishlab chiqishda nimalarni 
nazarda tutadi? 


183 
GLOSSARIY 
 
Aktiv - korxona balansining bir qismi bo'lgan yuridik yoki jismoniy 
shaxsning mulki. 
Amortizatsiya ajratmalari - asosiy vositalar qiymatining bir qismi 
(foyda)dan, ularning yemirilishini qoplash uchun ajratmalar. 
Asosiy fondlarning amortizatsiyasi - asosiy fondlarning dastlabki 
ekspluatatsiya xususiyatlarini ularning ishlash jarayonida yo’qotishi. Asosiy 
fondlar eskirishining ikki turi mavjud - ma’naviy va jismoniy eskirish. Ilmiy-
texnika taraqqiyotining hozirgi sur’atlarida ma’naviy eskirish jismoniy eskirishdan 
oldin keladi. 
Asosiy fondlarni yangilash koeffitsienti – bir yilda yangi kiritilgan asosiy 
fondlar qiymatining o’tgan yil oxiridagi fondlar qiymatiga bo’lgan nisbati. 
Asosiy fondlar - uzoq vaqt davomida moddiy ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish sohalarida bo’lgan moddiy-ashyoviy boyliklar majmui. Asosiy fondlar 
o’z xizmat ko’rsatish muddati davomida, dastlabki moddiy shaklini saqlab qolgan 
holda ishlab chiqarish jarayonida ko’p marta ishtirok etadi, ammo ular eskirish 
darajasi bo’yicha o’z qiymatini amortizatsiya ajratmasi apparati orqali tayyor 
mahsulotga o’tkazib boradi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling