O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Ishlab chiqarishni kengaytirish -


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

 Ishlab chiqarishni kengaytirish - yangi sexlar qurish, yangi qurilish-
montaj boshqarmalarini yaratish, qo’shimcha va xizmat ko’rsatish xo’jaliklarini
qayta tashkil etish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlariga ta'sir qilmaydigan 
bo’limlar va filiallar va boshqa shunga o’xshash tadbirlarni tashkil etishlar orqali
ishlab chiqarish hajminining ko’payishidir. 
 Ishlarni ishlab chiqarish loyihasi qurilish-montaj ishlari uchun resurslarni 
taqdim etish texnologiyasini, muddatini va tartibini belgilaydi hamda bino va 
inshootlar qismlarini qurish uchun ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishda 
asosiy yo’riqnoma hisoblanadi. Bu qurilish loyihasining ajralmas qismi emas, balki 
qurilish tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan hujjatdir. 
Kapital qo’yilmalar - bu ishlab chiqarish inshootlari va noishlab chiqarish 
ob'ektlarini barpo etishga yo'naltirilgan resurslar qiymati hamda jami ijtimoiy 
mehnatni aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriyadir. Kapital qo’yilmalarning manbalari 
bo’lib davlat tomonidan (davlat buyurtmasi), korxona va tashkilotlar hamda turli 
mulk shakllaridagi banklar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan ajratiladigan 
pul mablag’lari bo’lishi mumkin. 
Korxonalarni texnik jihatdan qayta jihozlash - rekonstruktsiya 
elementlaridan biri bo’lib, o’z ichiga uchastka va sexlardagi asosiy fondlarning 
faol qismini texnik va iqtisodiy darajasini yaxshilash, shuningdek yangi texnika,


186 
texnologiya, yangi material va energiya resurslaridan foydalanish boyicha chora-
tadbirlarni oladi. 
Korxonalarni qayta tashkil (rekonstruksiya) etish - asosiy, yordamchi va 
xizmat ko’rsatish ahamiyatiga ega bo’lgan sexlar va ob’ektlarni qayta qurish. 
Bundan maqsad ilm-fan, texnika yutuqlari va ilg’or texnologiyalar asosida ishlab 
chiqarishni takomillashtirish hisoblanadi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling