O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

Aylanma fondlar - qurilish tashkiloti ishlab chiqarish jarayonida bo’lgan 
mahsulotlar 
(tugallanmagan 
ishlab 
chiqarish), 
materiallar, 
buyumlar, 
konstruktsiyalar, arzon va tez eskirib qoladigan asbob-uskuna va xo’jalik jihozlari 
zaxirasi hamda faqat kelgusi davrlarda qaytishi kutilayotgan sarf-xarajatlarga
bo’lgan pul mablag’lari. 
 Bosh pudratchi - o'z xavfi ostida ob'ektlarni qurish uchun kapital qurilish 
shartnomasi (pudrat shartnomasi) majburiyatlarini bajaradigan, shu jumladan 
texnologik va boshqa uskunalarni o'rnatish va ishga tushirish, shuningdek, boshqa 
ular bilan bog’liq tegishli ishlar va xizmatlarni bajaradigan tashkilot, 
kompaniyadir. Xaridorning roziligi bilan bosh pudratchi o'z majburiyatlarini 


184 
bajarishda mahalliy va xorijiy firmalarni jalb qilishi mumkin, bunda u 
subpudratchilarning ishi bo'yicha mas'ul shaxs bo'lib qoladi. 
Buyurtmachi - investitsiya faoliyati sub'ekti, moliyaviy mablag'lari bo'lgan 
va pudratchi talabiga binoan uning to'lov qobiliyati kafolati berilgan yuridik yoki 
jismoniy shaxs. 
Daromad - moddiy ishlab chiqarish sohasida yangidan yaratilgan qiymat. 
Davlat, muassasa yoki xususiy shaxs tomonidan har qanday korxona, yoki har 
qanday faoliyatdan olinadigan pullar yoki moddiy qiymatlar (yillik daromad, 
milliy daromad, xo’jalik hisobidagi daromad, aholi daromadi va boshqalar). 
Diskontlash - turli yillardagi xarajatlarni solishtiriladigan shaklga keltirish 
(vaqt bo'yicha). Qurilish ob'ektini ishga tushirish yili (t
0
) yoki ishlarni tugatish 
davriga (T) qurish jarayonining turli yillarida (t) investitsiya qilingan mablag'larni 
keltirish (K). 
Ijara - mol-mulkni muddatli, haq to'lash orqali egalik qilish va 
foydalanishga topshirish. Bunday topshirish uchun asos bo’lib, ijara shartnomasi 
(kontrakt) hisoblanadi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling